Hind binti Avf () — Muhammadning qaynonasi. Bir necha sahobalarning onasi, qaynonasi va buvisi boʻlgani bois „yer yuzidagi eng ulugʻ qaynona“ sifatida tanilgan. Shuningdek, Xavla nomi bilan ham maʼlumAl-Tabari, Tarikh al-Rusul waʼl-Muluk, vol. 39. Translated by Landau-Tasseron, E. (1998). Biographies of the Prophetʼs Companions and Their Successors, p. 201. New York: State University of New York Press..
Oilasi Hindning otasi Avf ibn Zuhayr ibn al-Horis ibn Humota ibn Juraysh/Jarsh Yamandagi Himyar qabilasidan edi. Onasi esa Oysha binti al-Muhazzam boʻlganMuhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir vol. 8. Translated by Bewley, A. (1995). The Women of Madina, p. 193. London: Ta-Ha Publishers..
Nikohlari va farzandlari Hind binti Avf toʻrt marta turmushga chiqqan va kamida toʻqqiz nafar farzand koʻrganga oʻxshaydi.
Birinchi nikohi Uning birinchi eri al-Jaz’iy az-Zubaydiy boʻlgan. Tarixchi Tabariy ularning nikohidan bir nafar oʻgʻil farzand dunyoga kelganini qayd etgan:
Mahmiya ibn al-Jazʼiy az-ZubaydiyLandau-Tasseron/Tabari, p. 201..
U islomni birinchilardan qabul qilganlardan boʻlib, Habashistonda 13 yil yashagan. 628-yilda Madinaga kelganida Muhammad paygʻambar uni jamoat xazinaboni etib tayinlagan.
Ikkinchi nikohi Hind ikkinchi marotaba al-Horis ibn Hazan ibn Jubayr ibn al-Hazm ibn Rubiya ibn Abdulloh ibn Hilolga turmushga chiqqan. U mansub boʻlgan Banu Hilol Makkada yashagan arab qabilasi boʻlgan. Ular boy boʻlishlariga qaramay, Quraysh kabi siyosiy qudratiga ega emas edi.
Hind va al-Horisning kamida toʻrt nafar farzandi boʻlgan: Katta Luboba — asosan, Ummu Fadl nomi bilan tanilgan. U Abbos ibn Abdulmuttalibning xotini, uning yetti nafar farzandining onasi, jumladan, paygʻambar Muhammadning eng kichik amakivachchasi Ibn Abbosning onasi boʻlganLandau-Tasseron/Tabari, p. 201..
Barra binti al-Horis paygʻambar Muhammad uning uchinchi eri boʻlgan, Barra unga turmushga chiqqanidan soʻng unga Maymuna deb esm berilganLandau-Tasseron/Tabari, pp. 185, 201..
As-Soyib ibn al-Horis.
Qatn ibn al-Horis.
Uchinchi nikohi Hind binti Avfning uchinchi eri Xuzayma ibn al-Horis al-Hiloliy boʻlgan. Hind Xuzaymadan bir qiz farzand koʻrgan: Zaynab binti Xuzayma ham Muhammad paygʻambarga turmushga chiqqan. Vafot etgach, uning dafn marosimiga aka-ukalaridan uch nafari kelgani aytiladiBewley/Saad p. 82.. Mahmiya oʻsha paytda Habashistonda boʻlgani uchun uning dafn marosimiga as-Soyib, Qatn va Avn kelgan boʻlishi kerak.
Toʻrtinchi nikohi Hindning toʻrtinchi eri Xasʼam qabilasidan boʻlgan Umays ibn Maʼd ibn Tamim ibn al-Horis ibn Kaʼb ibn Molik edi. Bu nikohdan uch farzand dunyoga kelgan: Asmo binti Umays Rabia ibn Riyob al-Hiloliy, Jaʼfar ibn Abu Tolib, Roshidun xalifaligining birinchi xalifasi Abu Bakr va toʻrtinchi xalifa Aliga turmushga chiqqan va kamida sakkiz nafar farzand koʻrganBewley/Saad, pp. 196-199.Landau-Tasseron/Tabari, p. 201.. Salmo bint Umays Hamza ibn Abdulmuttalibga, soʻng Shaddod ibn Usoma ibn al-Haʼd al-Laysiyga turmushga chiqqanBewley/Saad p. 199.Landau-Tasseron/Tabari, p. 201.. Shuningdek, uning Xas’am qabilasidan boʻlgan Kaʼb ibn Inoba bilan ham oila qurgani aytiladi. Avn ibn Umays Harron jangida vafot etganLandau-Tasseron/Tabari, p. 201..
Oʻgay farzandlari Al-Horis ibn Hazanning boshqa xotini Faxita binti Amir ibn Muattib ibn Molik as-Saqafiydan kamida uch qizi boʻlganLandau-Tasseron/Tabari, p. 201.. Hindning bu nikohdan ham oʻgay farzandlari boʻlgan: Luboba as-Sugʻro/Kichik Luboba binti al-Horis, shuningdek, Laylo yoki Asmo nomlari bilan ham tanilgan boʻlib, Volid ibn al-Mugʻiyra al-Maxzumiyga turmushga chiqqan. U mashhur jangchi Xolid ibn Volidning onasi boʻlganBewley/Saad p. 195.Landau-Tasseron/Tabari, p. 201.. Huzayla binti al-HorisBewley/Saad p. 196.Landau-Tasseron/Tabari, p. 201..
Gʻorra binti al-Horis, shuningdek, Izza nomi bilan ham tanilgan boʻlib, Abdulloh ibn Molik al-Hiloliyga turmushga chiqqanBewley/Saad p. 196.Landau-Tasseron/Tabari, p. 201..
Manbalar
Turkum:Ayol sahobalar Turkum:7-asr arab xalqlari