Anthony Taylor (1978-yil 20-oktyabrda tugʻilgan) — angliyalik professional futbol hakami. 2010-yilda asosan Premyer-ligada faoliyat yurituvchi Tanlangan hakamlar guruhiga (Select Group Referees) kiritilgan va 2013-yilda FIFA roʻyxatidagi hakamga aylanib, Yevropa va xalqaro oʻyinlarni boshqarish huquqini qoʻlga kiritgan. 2015-yilda „Wembley“ stadionida boʻlib oʻtgan Angliya liga kubogi finalini boshqargan va oʻsha oʻyinda „Chelsea“ „Tottenham Hotspur“ jamoasini 2:0 hisobida magʻlub etgan. Taylor oʻsha yili „Community Shield“ uchrashuvini boshqarish uchun yana „Wembley“ga qaytgan va unda „Arsenal“ „Chelsea“ klubini 1:0 hisobida yenggan. Taylor 2017 va 2020-yillardagi Angliya Kubogi finallarini ham boshqargan boʻlib, ikkala oʻyinda ham „Chelsea“ va „Arsenal“ toʻqnash kelgan; har ikki safar ham „Arsenal“ 2:1 hisobida gʻalaba qozongan. Shu tariqa u 1901-yilda Arthur Kingscottdan keyin Angliya Kubogi finalini ikkinchi marta boshqargan birinchi hakamga aylangan.

Hakamlik faoliyati Yoshlik hayoti Taylor 2002-yilda Shimoliy Premyer-ligada hakamlik qilishni boshlaganNorthern Premier League, 2002: SoccerFactsUK website., 2004-yilda Shimoliy Konferensiyada hakamlik qilganConference North 2004: SoccerFactsUK website.. U 2006–07-yilgi mavsum boshida Futbol Ligasi hakamlari roʻyxatiga kiritilgan va uning birinchi tayinlanishi 2006-yil avgust oyida Ikkinchi Liga oʻyinida Reksem va Peterboro Yunayted oʻrtasidagi oʻyinda boʻlgan. 2006-yil noyabr oyida u Crewe Alexandra jamoasining uy stadioni Gresty Roadda Angliyaning 19 yoshgacha boʻlgan va Shveytsariyaning 19 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi xalqaro oʻrtoqlik oʻyinida hakamlik qilgan.

Professional faoliyati Taylorning Premyer-ligadagi birinchi tayinlanishi 2010-yil fevral oyida Fulham va Portsmouth oʻrtasidagi uchrashuv boʻlib, unda Fulham 1:0 hisobida gʻalaba qozongan. Taylor oʻsha mavsumda Premyer-ligada yana bitta oʻyinni boshqargan va 2010–11-yillar uchun Liganing Tanlangan Hakamlar Guruhi roʻyxatiga kiritilgan. 2010-yil sentyabr oyida u Premyer-ligadagi toʻrtinchi oʻyinini boshqargan, bu oʻyinda Blackburn Rovers va Fulham oʻzaro bahslashganBBC Sport — Football, 2010: Bosses Allardyce and Hughes round on ref Anthony Taylor report..

Taylor 2011–12-yilgi mavsumdagi birinchi oʻyinida uchta oʻyinchini maydondan chetlatgan. Bu oʻyinda Middlesbrough klubi „Leeds United“ jamoasiga qarshi oʻyinda 1:0 hisobida gʻalaba qozongan. Oʻyin davomida „Leeds“dan Jonny Howson va Max Gradel hamda „Boro“dan Tony McMahon ikkinchi sariq kartochka olganliklari uchun chetlatilgan. Taylor oʻsha mavsumda jami 34 ta oʻyinda hakamlik qilgan va jami sakkizta oʻyinchini, shu jumladan „Leeds“dagi uchta oʻyinchini maydondan chetlatgan. Taylor 2013-yil 1-yanvarda FIFA roʻyxatidagi hakamga aylangan va bu unga UEFA Yevropa va FIFA xalqaro musobaqalari oʻyinlarini boshqarish huquqini bergan. 2013-yil may oyida u Angliya Kubogi finalida Andre Marrinerdan keyin toʻrtinchi hakam boʻlgan. 2013–14-yilgi mavsumning ochilish oʻyinda Taylor Aston Villaning Arsenalga qarshi safardagi oʻyinini boshqargan. U Villa darvozasiga ikkita penalti belgilagan va Arsenal vakili Laurent Koscielny ikkita sariq kartochka olib maydondan chetlatgan. Arsène Wenger Taylorning oʻyinni boshqarishini „oʻjarlik“ deb taʼriflagan, Villa menejeri Paul Lambert esa hakam „yaxshi oʻyin oʻtkazdi“ deb oʻylaganini aytdi.

2015-yil 1-martda Taylor Chelsea va Tottenham Hotspur oʻrtasidagi Angliya liga kubogi finalida hakamlik qilgan. Taylor 2015-yilgi Angliya Superkubogi va 2015-yilgi Angliya liga kubogi finalida hakamlik qilgan. 2017-yil 26-aprelda Taylor 2017-yilgi Angliya Kubogi finalining bosh hakami etib tayinlangan. 2018-yil 26-mayda u 2018-yilgi EFL chempionati pley-off finalini boshqarish uchun tayinlangan. 2020-yil 16-sentyabrda Taylor 2020-yilgi UEFA Superkubogi uchun bosh hakam etib tayinlanganBBC Sport — Arsenal 1-3 Aston Villa.

2021-yil 12-iyunda Taylor Finlandiya va Daniya oʻrtasidagi UEFA Yevro-2020 guruh bosqichidagi oʻyinni boshqargan. 43-daqiqada daniyalik yarim himoyachi Christian Eriksen maydonda yiqilib tushgan va mahalliy kasalxonaga oʻtkazilishi va ahvoli barqarorlashishidan oldin maydonda shoshilinch yordamga muhtoj boʻlgan. Taylor vaziyatga xotirjam, ammo tezkor munosabati uchun maqtovga sazovor boʻlgan va bir necha soniya ichida tibbiy yordamga ishora qilgan. Eriksenning ahvoli yaxshilangani maʼlum boʻlgach, oʻyin kunning ikkinchi yarmida davom ettirilgan. Taylorning HMP Manchesterdagi qamoqxona xizmatidagi avvalgi mashgʻulotlar boʻicha ustozi Chris Foy tominidan ushbu vaziyatda tezkor va aqlli harakat qilganligi aytilgan. 2021-yil oktyabr oyida Taylor Ispaniya va Fransiya oʻrtasidagi 2021-yilgi UEFA Millatlar Ligasi finalini boshqarib borish uchun tayinlangan.

2022-yil may oyida FIFA eʼlon qilgan bayonotda Taylor noyabr va dekabr oylarida boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida oʻyinlarni boshqaradigan oltita ingliz hakamlaridan biri sifatida qayd etilgan. Roʻyxatga shuningdek, hakam Michael Oliver va toʻrtta vatandosh yordamchi hakamlar — Saymon Bennett, Gari Besvik, Styuart Burt va Adam Nunn ham kiritilgan. 2023-yil may oyida UEFA Taylorni 2023-yilgi UEFA Yevropa Ligasi finaliga hakam sifatida, Gari Besvik va Adam Nunn esa yordamchilar, Michael Oliver esa toʻrtinchi hakam sifatida eʼlon qilgan. 2024-yil iyul oyida Taylor Ispaniya va Germaniya oʻrtasidagi pley-off bosqichi oʻyiniga hakamlik qilish uchun tanlangan.

Statistika MavsumOʻyinlarJami OʻrtachaJami Oʻrtacha2006–0726783.0050.192007–08361052.92100.282008–0938912.3940.112009–1036922.5680.222010–11321183.69120.362011–12341063.1280.242012–1335892.5460.172013–14311023.2930.102014–15391604.1090.232015–16441473.3460.142016–17411613.9350.122017–18401473.6860.152018–19501753.50100.202019–20482024.2190.192020–21421363.2340.102021–22441653.7570.162022–23431663.8660.14 Barcha musobaqalar statistikasi. 2006-2007-yillargacha boʻlgan maʼlumotlar mavjud emasAnthony Taylor | Latest Football Betting Odds | Soccer Base.

Yana qarang FIFA xalqaro hakamlari roʻyxati

Manbalar

Havolalar

Anthony Taylor

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Angliyalik futbol hakamlari Turkum:Angliya Premyer-ligasi hakamlari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2022 hakamlari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2026 hakamlari