Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasining 2026-yilgi FIFA Jahon chempionatidagi oʻyini yoritilgan. Oʻzbekiston birinchi marta jahon chempionati turnirida ishtirok etdi. Terma jamoa uchala oʻyinda ham magʻlubiyatga uchragan va 0 ochko bilan mundialni tark etgan.

Oʻzbekiston terma jamoasi umumiy hisobda 11ta gol oʻtkazgan va 2ta gol kiritgan. Kolumbiya bilan bahsda Abbosbek Fayzullayev tomonidan va Kongo DR bilan bahsda Eldor Shomurodov tomonidan gol kiritildi. Abbosbek Fayzullayev 1-turda biryoʻla ikki rekord qayd etdi: 21-asrda oʻtkazilgan jahon chempionatlari guruh bosqichida bosh bilan gol urgan eng past boʻyli futbolchi va 2026-yilgi chempionatda eng katta tezlikda yugurgan (36 kilometr/soat) futbolchi sifatida tarixga kirdi. Eldor Shomurodovning Kongo DR darvozasiga kiritgan goli 1-iyul sanasida „jahon chempionati guruh bosqichining eng chiroyli goli“ deb topildi.

Saralash Oʻzbekiston terma jamoasi Osiyo Futbol Konfederatsiyasi (AFC) saralash jarayoni orqali saralash bosqichiga yoʻllanma olgan edi.

Oʻzbekiston saralash turniridagi ishtirokini ikkinchi bosqichdan boshlagan. Bu bosqichda ular Eron, Turkmaniston va Gonkong bilan toʻqnash kelishgan. Oʻzbekiston va Eron bir-biriga qarshi ikki marta durang oʻynashgan va qolgan ikki jamoaga qarshi toʻrtta oʻyinda gʻalaba qozonishgan. Oʻzbekiston Eronga qaraganda uchta kam gol urganligi sababli, oʻz guruhida ikkinchi oʻrinni egallagan. Ikkala jamoa ham yakunda uchinchi bosqichga yoʻllanma oldi va u yerda yana bir guruhda uchrashishgan. Ularning guruhdagi boshqa raqiblari Birlashgan Arab Amirliklari, Qatar, Qirgʻiziston va Shimoliy Koreya edi. Oʻzbekiston va Eron oʻrtasidagi ikkala oʻyin ham durang bilan yakunlandi. Ikkala jamoa ham Qatar terma jamoasiga safarda magʻlub boʻldi va Oʻzbekiston esa Amirliklarda golsiz oʻyinda durang qayd etib ochko yoʻqotdi. Ikkala terma jamoa ham qolgan barcha oʻyinlarda gʻalaba qozonib, oʻz guruhida birinchi va ikkinchi oʻrinlarni egallab, Jahon chempionati finaliga toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllanma olgan.

Oʻzbekiston oʻz guruhida ikkinchi oʻrinni egalladi va Jahon chempionati finaliga toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllanma oldi. Oʻzbekiston saralash bosqichini Srečko Katanec qoʻl ostida boshladi, ammo u 2025-yil yanvar oyida sogʻligʻi bilan bogʻliq muammolar tufayli isteʼfoga chiqishini eʼlon qildirtvslo.si: Catanec verlässt Usbekistan aufgrund gesundheitlicher Probleme. Uning oʻrniga sobiq oʻzbekistonlik futbolchi Timur Kapadze bosh murabbiy sifatida tayinlandi. 2025-yil oktyabr oyida italiyalik murabbiy Fabio Cannavaro milliy terma jamoaning yangi murabbiyi boʻldiapnews.com: Fabio Cannavaro to coach Uzbekistan at its first World Cup appearance.

Jami boʻlib ikki saralash bosqichida milliy terma jamoa murabbiylar 29 nafar oʻyinchidan foydalangan. Abbosbek Fayzullayev, Odiljon Hamrobekov va darvozabon Oʻtkir Yusupov barcha 16 ta oʻyinda maydonga tushishdi. Sardor Eldor Shomurodov 15 ta oʻyinda maydonga tushgan boʻlsa, Husniddin Aliqulov, Jaloliddin Masharipov (ikkita sariq kartochka tufayli bitta oʻyinni oʻtkazib yuborgan), Otabek Shukurov va Abduqodir Xusanov har biri 14 ta oʻyinda maydonga tushishgan. Oʻn yetti nafar oʻyinchi oʻyinlarning kamida yarmida, toʻrt nafari esa faqat bittasida maydonga tushishgan. Jaloliddin Masharipov singari, Rustam Ashurmatov (12 ta oʻyin) va Farrux Sayfiyev (11 ta oʻyin) ham ikkita sariq kartochka olgan va bitta oʻyinga diskvalifikatsiya qilingan. Umar Eshmurodov qizil kartochka olganidan keyin bitta oʻyinda maydonga tusha olmagan. Faqat Abdurauf Boʻriyev (3 ta oʻyin) saralash bosqichi davrida debyut qilgan.

Eng koʻp gol urganlar uchinchi turda beshta gol urgan Abbosbek Fayzullayev, rekordchi Eldor Shomurodov va toʻrttadan gol urgan Oston Urunov boʻldi. Rustam Ashurmatov terma jamoadagi ilk golini urdi. Jami 12 nafar futbolchi 27 ta gol urdi, ulardan toʻrttasi penaltidan.

Ikkinchi raund Jadval

Uchinchi bosqich Jadval

Tayyorgarlik 2025-yil oktyabr oyida 2006-yilgi jahon chempioni — italiyalik Fabio Cannavaro bosh murabbiy boʻldi. Oʻyinlar Sana Hisob Raqib Stadion Musobaqa Oʻzbekistonning gollari 30.08.2025 1:1 Olimpiya stadioni, Toshkent 2025-yilgi MOFA millatlar kubogiHojimat Erkinov 02.09.2025 2:1 Olimpiya stadioni, Toshkent 2025-yilgi MOFA millatlar kubogiIgor Sergeyev (2) 05.09.2025 4:0 Olimpiya stadioni, Toshkent 2025-yilgi MOFA millatlar kubogi Akmal Mozgovoy, Igor Sergeyev, Otabek Shukurov, Azizbek Turgʻunboyev 08.09.2025 1:0 n. V. Olimpiya stadioni, Toshkent 2025-yilgi MOFA millatlar kubogiHojiakbar Alijonov 09.10.2025 2:0 Olimpiya stadioni, ToshkentOʻrtoqlik oʻyini Hojimat Erkinov, Eldor Shomurodov 13.10.2025 1:2 Hang Jebat stadioni, Krubong (MYS) Oʻrtoqlik oʻyini Ruslanbek Jiyanov 14.11.2025 2:0 Hazza bin Zayed stadioni, Al Ayn (BAA) Oʻrtoqlik oʻyini Oston Urunov (2) 18.11.2025 0:0, 4:3 i. E. Hazza bin Zayed stadioni, Al Ayn (BAA) Oʻrtoqlik oʻyini 27.03.2026 3:1 Bunyodkor stadioni, Toshkent Oʻrtoqlik oʻyini Eldor Shomurodov, Jahongir Oʻrozov, Alisher Odilov 30.03.2026 0:0, 5:4 i. E. Bunyodkor stadioni, Toshkent Oʻrtoqlik oʻyini 01.06.2026 0:2 Commonwealth stadioni, Edmonton (CAN) Oʻrtoqlik oʻyini 08.06.2026 1:2 Icahn stadioni, Nyu-York (AQSh) Oʻrtoqlik oʻyini Igor Sergeyev Tarkib 24-may kuni 30 nafar futbolchidan iborat dastlabki tarkib eʼlon qilindififa.com: Cannavaro gibt vorläufigen Kader für Usbekistan bekannt, auf fifa.com, abgerufen am 31. Mai 2026. Unda Jaloliddin Masharipov, Jasurbek Jaloliddinov, Umarali Rahmonaliyev va Sherzod Temirov ishtirok etmasligi maʼlum qilindi. Pozitsiyasi№FutbolchiKlubiOʻyinlarGollarTugʻilgan sanasiDebyutOxirgi oʻyiniDarvozabonlar1Oʻtkir Yusupov Navbahor450201808.06.20261 −312Abduvohid Neʼmatov Nasaf150202001.06.20262 −816 Botirali Ergashev Neftchi50201802.09.2025Himoyachilar2 Abduqodir Xusanov Manchester City270202308.06.2026323Hojiakbar Alijonov Paxtakor523201930.03.202625 Rustam Ashurmatov Esteghlal511201708.06.202634 Farrux Sayfiyev Neftchi691201408.06.2026113 Sherzod Nasrullayev Paxtakor402202208.06.20263115 Umar Eshmurodov Nasaf400202027.03.202618 Abdulla Abdullayev Dibba290202101.06.2026224 Behruz Karimov Surxon20202630.03.2026225 Avazbek Oʻlmasaliyev OKMK00––26 Jahongir Oʻrozov Dinamo Samarqand41202608.06.20262Yarim himoyachilar6 Akmal Mozgovoy Paxtakor251202008.06.202637 Otabek Shukurov Baniyas889201608.06.202638 Jamshid Iskanderov Neftchi464201308.06.202619 Odiljon Xamrobekov Tractor751201701.06.20262117 Dostonbek Hamdamov Paxtakor375201608.06.2026219 Aziz Gʻaniyev Al Bataeh230201701.06.2026223 Sherzod Esanov Buxoro10202601.06.20261Hujumchilar10 Ruslanbek Jiyanov Navbahor81202213.10.2025111 Oston Urunov Persepolis4410201908.06.2026214 Eldor Shomurodov (sardor) İstanbul Başakşehir9244201508.06.20263120 Azizbek Amonov Dinamo Samarqand132202101.06.2026121 Igor Sergeyev Persepolis8324201308.06.2026322 Abbosbek Fayzullayev İstanbul Başakşehir328202308.06.202631Murabbiylar shtabiBosh murabbiy Fabio Cannavaro136213.09.19732025 Final bosqichi Guruh qur’asi 2025-yil 5-dekabr kuni boʻlib oʻtgan guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimida Oʻzbekiston 3-savatchaga kiritilgan edi. Dastlabki bosqichda uchta mezbon jamoadan biri — Yevropa chempioni Ispaniya, amaldagi chempion Argentina, Fransiya, Angliya, Braziliya, Portugaliya, Niderlandiya, Belgiya va Germaniya bilan bir guruhga tushishi mumkin edififa.com: Draw Procedures for the FIFA World Cup 2026TM.

Oʻzbekiston terma jamoasi Portugaliya, Kongo DR va Kolumbiya bilan guruhdan joy oldi. Shu paytgacha bu jamoalar bilan hech qanday oʻyin oʻtkazilmagan edi.

Oʻzbekistonliklarning asosiy qarorgohi Atlanta shahrida boʻlib, u yerda „Atlanta Yunayted“ning oʻquv-mashgʻulot markazidan foydalanishdififa.com: Alle Teamquartiere der WM 2026 im Überblick. Guruh bosqichi Oʻyin turlari oʻrtasidagi parvoz vaqti 2-2,5 soatni tashkil etdi.

Terma jamoa statistikasi Quyida futbolchilaning mundialda nechta oʻyinda va necha daqiqa maydonda boʻlganliklari keltirilgan: Raqam Futbolchi Oʻyinlar Daqiqalar Gol+pas 1 Oʻtkir Yusupov 1 90 −3 12 Abduvohid Neʼmatov 2 180 −8 16 Botirali Ergashev - - - 2 Abduqodir Husanov 3 270 - 3 Hojiakbar Alijonov 2 135 - 4 Farrux Sayfiyev 1 45 - 5 Rustam Ashurmatov 3 257 - 13 Sherzod Nasrullayev 3 180 - 15 Umar Eshmurodov - - - 18 Abdulla Abdullayev 2 180 - 24 Behruz Karimov 2 180 - 25 Avazbek Oʻlmasaliyev - - - 26 Jahongir Oʻrozov 2 95 - 6 Akmal Mozgovoy 3 217 - 7 Otabek Shukurov 3 239 - 8 Jamshid Iskanderov 1 8 - 9 Odil Hamrobekov 2 76 - 11 Oston Oʻrunov 2 62 - 17 Doston Hamdamov 2 104 - 19 Aziz Gʻaniyev 2 121 - 22 Abbosbek Fayzullayev 3 223 1+1 23 Sherzod Esanov 1 1 - 10 Ruslanbek Jiyanov 1 1 - 14 Eldor Shomurodov 3 270 1 20 Azizbek Amonov 1 13 - 21 Igor Sergeyev 3 26 -

Yana qarang Oʻzbekiston futbol bo‘yicha jahon chempionatida

Izohlar

Manbalar

Hisobotlar

Havolalar fifa.com: WM-Qualifikation des AFC fifa.com: Usbekistan bei der WM: Teamporträt und Historie

Turkum:Mamlakatlar futbol boʻyicha 2026-yilgi jahon chempionatida