Laura Groeseneken (1990-yil 30-aprelda tugʻilgan) — Sennek taxallusi bilan tanilgan belgiyalik xonanda va qoʻshiq muallifi. U „A Matter of Time“ qoʻshigʻi bilan Portugaliyaning Lissabon shahrida oʻtkazilgan „Eurovision-2018“ tanlovida Belgiya sharafini himoya qilgan, biroq final bosqichiga chiqa olmagan.

Groeseneken belgiyalik musiqachi Ozark Henryning konsertlarida klaviatura ijrochisi sifatida ham qatnashgan hamda u bilan Rock Werchter festivalida sahnaga chiqqan. Shu bilan birga, u IKEA kompaniyasida vizual merchandayzer sifatida ishlagan hamda oʻzi tugʻilgan shaharda vokal murabbiyi sifatida ham faoliyat yuritgan.

U Alex Callier bilan hamkorlikda Hooverphonic pop-rok guruhi uchun musiqalar yozishda ishtirok etgan.

Singllari Nomi Yil Chartlardagi eng yuqori natijasi Sertifikatsiya Albom BEL(FL) BEL(WA)Tip „A Matter of Time“ 2018 9 16 rowspan="5" „Endlessly“ 2019 — — „Overtones“2021 — — „Kaleidoscope“ (Live) — — „Butterfly“ (Live) — — „Rise Like a Phoenix“2023——„Eurovision Unplugged“ mini-albomi „Gelukkig zijn“—— „Just a Little Bit (Ooh Aah)“—— „Ding a Dong“——

Manbalar

Turkum:Eurovision ishtirokchilari