Lavina (; maʼnosi — „Koʻchki“) — 2020-yilda tashkil etilgan serbiyalik progressiv metal guruhi. U „Kraj mene“ qoʻshigʻi bilan Avstriyaning Vena shahrida oʻtkazilgan „Eurovision-2026“ tanlovida Serbiya sharafini himoya qilgan.
Tarixi Lavina guruhi 2020-yil oʻrtalarida Nish shahrida tashkil etilgan. Ikki yildan soʻng, 2022-yilda jamoa oʻzining ilk studiyaviy albomi — „Odyssey“ni eʼlon qilgan. 2024-yilda guruh „In Your Absence“ va „Iron Will“ nomli ikkita singlni taqdim etgan. 2025-yilda esa Kraguyevats shahrida oʻtkazilgan Arsenal Fest festivalida sahnaga chiqqan. Shuningdek, jamoa Yevropaning koʻplab shaharlarida konsertlar bergan.
2025-yil 3-dekabrda Lavinaning „Kraj mene“ qoʻshigʻi bilan „Pesma za Evroviziju '26“ milliy saralash tanlovida ishtirok etishi maʼlum qilingan. „Kraj mene“ 2026-yil 2-fevralda singl sifatida eʼlon qilingan va bu guruhning ona tili — serb tilida ijro etilgan ilk qoʻshigʻiga aylangan. Ikkinchi yarim final bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtgan Lavina 2026-yil 28-fevralda boʻlib oʻtgan finalda gʻolib chiqqan va Serbiya vakili sifatida „Eurovision-2026“ tanloviga yoʻllanma olgan. 2026-yil 12-mayda guruh tanlovining birinchi yarim finalida ishtirok etib, final bosqichiga yoʻl olgan. Yakunda esa tanlovni 17-oʻrinda yakunlagan.
Aʼzolari Hozirgi tarkibi Luka Aranđelović — vokal Pavle Aranđelović — klavishli cholgʻular, bek-vokal Pavle Samardžić — gitara Andrija Cvetanović — gitara Nikola Petrović — bas gitara Bojan Ilić — barabanlar
Diskografiyasi Studiyaviy albomlari +Albomlar roʻyxati Nomi Maʼlumotlari Odyssey Chiqarilgan: 2022-yil 18-noyabr Leybl: Miracle of Bravery Records
Singllari +Singllari roʻyxati Nomi Yil Albom "Id" 2022 Odyssey "Myopic" "In Your Absence" 2024Albomdan joy olmagan "Iron Will" "This, too, will pass." 2025 "Kraj mene" 2026 Manbalar
Turkum:Eurovision ishtirokchilari