Leonora Colmor Jepsen (1998-yil 3-oktyabrda tugʻilgan) — Leonora taxallusi bilan tanilgan daniyalik xonanda va sobiq professional figurali uchuvchi. Figurali uchish sportida u 2015 va 2016-yillarda ikki karra Daniya oʻsmirlar chempionati gʻolibi boʻlgan hamda 2016-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida mamlakati nomini himoya qilgan. Xonanda sifatida esa u „Dansk Melodi Grand Prix 2019“ tanlovida gʻolib chiqib, Tel-Aviv shahrida oʻtkazilgan „Eurovision-2019“ tanlovida Daniya vakili sifatida qatnashgan va 120 ball bilan 12-oʻrinni egallagan.

Yoshligi Leonora Kopengagen shimolidagi Hellerupda tugʻilib voyaga yetgan va hozir ham shu yerda istiqomat qiladi. U Gammel Hellerup Gymnasium maktabini tamomlab, oʻrta taʼlim diplomini olgan. U koʻplab qoʻshiqlarni oʻzi yozgan hamda ularni kafelar, kutubxonalar va kichik maktab konsertlarida ijro etgan.

Karyerasi Figurali uchuvchi sifatida Leonora 2016-yilda ISU oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida va 2015-yilda ISU JGP Riga Cup musobaqasida qatnashgan. 2016-yil dekabr oyida Leonora va uning ukasi Linus Daniya figurali uchish chempionatida oltin medal sohiblariga aylangan. Bundan avval u yakka dastur boʻyicha Daniya oʻsmirlar chempioni boʻlgan. Hozirda u musobaqalarda qatnashmaydi va figurali uchish boʻyicha murabbiy hamda xoreograf sifatida faoliyat yuritadi.

U „Love Is Forever“ qoʻshigʻi bilan Tel-Aviv shahrida oʻtkazilgan „Eurovision-2019“ tanlovida Daniya sharafini himoya qilgan. Leonora „Dansk Melodi Grand Prix 2019“ tanlovining superfinalida tomoshabinlar va hakamlar ovozlarining 42 foizini qoʻlga kiritib, Julie & Nina hamda Sigmundni ortda qoldirgan holda gʻolib chiqqan.

„Love Is Forever“ qoʻshigʻi Lise Cabble, Melanie Wehbe va Emil Lei tomonidan yozilgan boʻlib, unda toʻrtta til — ingliz, daniya, nemis va fransuz tillari uygʻunlashtirilgan.

Diskografiyasi Singllari Nomi Yil Chartdagi eng yuqori natijasi Albom DEN SCO SWEHeat. UKDown. „Love Is Forever“ 2019 16 77 12 61 rowspan="2" „Turquoise“ 2020 —  —  — —

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Kopengagenda tugʻilganlar Turkum:Eurovision ishtirokchilari