Luka Ivanovich (; 1992-yil 18-mayda tugʻilgan) — serbiyalik xonanda va qoʻshiq muallifi. Taxallusi Luke Black. Luka Čačak shahrida tugʻilgan. Luke Black Universal Music Group bilan shartnoma imzolagan ilk serbiyalik ijodkor hisoblanadi. Ushbu kompaniya orqali 2015-yil fevral oyida oʻzining ilk EP albomi — Thornsni nashr etgan. U Serbiya nomidan Eurovision–2023 tanlovida „Samo mi se spava“ qoʻshigʻi bilan ishtirok etib, finalda 24-oʻrinni egallagan. U „serb pop alkimyogari“ sifatida tavsiflanadi va uning musiqasi electropop hamda experimental pop janrlarini oʻzida mujassam etgan.
Dastlabki hayoti
Luka Ivanovich 1992-yil 18-mayda Čačak shahrida tugʻilgan. U 12 yoshida oʻz qoʻshiqlari uchun matnlar yozishni boshlagan va bir necha yil oʻtgach musiqa yaratish hamda produserlik bilan shugʻullana boshlagan. Čačak gimnaziyasini tamomlagach, u ingliz tili va adabiyotini oʻrganish uchun Belgrad shahriga koʻchib oʻtgan hamda Belgrad universiteti filologiya fakultetida tahsil olgan.
Ivanovichning taʼkidlashicha, uning sahna nomidagi „Luke“ qismi oʻz ismining inglizlashtirilgan shaklidan olingan, „Black“ esa oʻsmirlik davrida u „Serbiya musiqa sahnasining oʻlimi“ munosabati bilan qirq kunlik motam tutgan davriga ishora qilgan.
Diskografiyasi
Studiyaviy albomlari Chainsaws in Paradise (2024) PARASITE (2026)
Mini-albomlari Thorns (2015) Neoslavic (2018) F23.8 (2021) Luke Black Remixes (2023) Singles 2015–2018 (2023)
Manbalar
Havolalar
Turkum:Eurovision ishtirokchilari