Eliot Vassamillet (2000-yil 29-dekabrda tugʻilgan) — belgiyalik xonanda. U 2019-yilgi „Eurovision-2019“ tanlovida „Wake Up“ qoʻshigʻi bilan Belgiya sharafini himoya qilgan. Tanlovdagi ishtirokidan avval, 2018-yilda „The Voice Belgique“ teleloyihasining yettinchi mavsumida qatnashgan.

Karyerasi The Voice Belgique Vassamillet 2018-yilda „The Voice Belgique“ teleloyihasining yettinchi mavsumida ishtirok etgan. Saralash tinglovlarida u „High Hopes“ qoʻshigʻini ijro etgan hamda murabbiy sifatida Slimane jamoasini tanlagan. Duel bosqichida u Paak Kormongkolkul bilan juftlikda „Mad World“ qoʻshigʻini kuylagan. Ushbu bahsda gʻolib chiqib, keyingi bosqichiga yoʻl olgan va u yerda „Alter Ego“ qoʻshigʻini ijro etgan. Biroq final bosqichiga chiqish uchun yetarli natija qayd eta olmagan va musobaqani shu bosqichda tark etgan.

Eurovision-2019 2019-yil 14-yanvarda Télépro nashri Vassamillet 2019-yilgi „Eurovision-2019“ tanlovida Belgiya sharafini himoya qilish uchun tanlanganini maʼlum qilganhttps://www.telepro.be/011-46455-Eurovision-2019-exit-Valentine-Brognion-vive-Eliot-Vassamillet.html (In French). Ertasi kuni RTBF ushbu xabarni rasman tasdiqlagan hamda uning tanlov qoʻshigʻi belgiyalik Roscoe rok guruhi solisti Pierre Demoulin hammuallifligida yaratilishini eʼlon qilgan.

2019-yil 28-fevralda Vassamillet tanlovda „Wake Up“ qoʻshigʻi bilan ishtirok etishi rasman tasdiqlangan.

Birinchi yarim finalda u 70 ochko toʻplab, 13-oʻrinni egallagan. Eng yaxshi oʻnlik qatoridan joy ololmagani sababli tanlovning grand finaliga yoʻllanma qoʻlga kirita olmagan.

Diskografiyasi Albomlari Nomi Maʼlumotlar Mixtape n°1 Chiqarilgan: 2022-yil 11-fevral

Mini-albomlari Nomi Maʼlumotlar Where Everything Begins Chiqarilgan: 2022-yil 27-iyul

Singllari Nomi Yil Chartdagi eng yuqori natijasi Albom yoki mini-albom BEL(FL) BEL(WA) „Wake Up“ 2019 35 27 rowspan="5" „Find A Way“ 2021 — — „Sad (run)“ 2022 — — „Late At Night“ — — „Chosen“ — — Manbalar

Turkum:Monsda tugʻilganlar Turkum:Eurovision ishtirokchilari Turkum:Yashayotgan insonlar