Ilmmetriya — ilmiy natijalarni hamda tadqiqotlar dinamikasini tahlil qilish orqali ilm-fanni matematik va statistik uslublar yordamida oʻrganadigan yoʻnalish. Ilmmetriyaning asosiy tadqiqot muammolari qatoriga ilmiy maqolalar va akademik jurnallarning nufuzini oʻlchash, ilmiy iqtiboslarni tahlil qilish hamda ushbu oʻlchovlardan davlat siyosati va boshqaruv kontekstida foydalanish kiradi.

Amaliyotda ilmmetriya bilan axborot tizimlari, axborot fani, ilm-fan siyosati haqidagi fan, ilm-fan sotsiologiyasi hamda metailm kabi boshqa ilmiy sohalar oʻrtasida sezilarli darajada oʻzaro bogʻliqlik mavjud. Tanqidchilarning taʼkidlashicha, ilmmetrik koʻrsatkichlarga haddan tashqari tayanib qolish notoʻgʻri ragʻbatlantirish tizimini yuzaga keltirib, „chop et yoki yoʻqol“ muhitini paydo qilgan va bu oʻz navbatida, past sifatli tadqiqotlarning koʻpayishiga olib kelmoqda.

Tarixiy rivojlanishi Zamonaviy ilmmetriya asosan Derek J. de Solla Price va Eugene Garfieldning ilmiy ishlariga asoslanadi. Eugene Garfield keyinchalik „Science Citation Index“ tizimini yaratdi hamda ilmmetrik tahlillarda keng qoʻllaniladigan Ilmiy axborot institutiga asos soldiLeydesdorff, L. and Milojevic, S., „Scientometrics“ arXiv:1208.4566 (2013), forthcoming in: Lynch, M. (editor), International Encyclopedia of Social and Behavioral Sciences subsection 85030. (2015). 1978-yilda ushbu sohaga ixtisoslashgan maxsus „Scientometrics“ ilmiy jurnali tashkil etildi. Ilm-fanning sanoatlashishi nashrlar va tadqiqot natijalari sonining keskin ortishiga olib keldi, kompyuterlarning rivojlanishi esa ushbu maʼlumotlarni samarali tahlil qilish imkonini berdiDe Solla Price, D., editorial statement. Scientometrics Volume 1, Issue 1 (1978). Ilm-fan sotsiologiyasi asosiy eʼtiborini olimlarning xulq-atvoriga qaratgan boʻlsa, ilmmetriya bevosita nashrlarni tahlil qilishga eʼtibor qaratdi. Shunga muvofiq, ilmmetriya ilm-fan va uning natijalarini ilmiy hamda empirik jihatdan oʻrganish sohasi deb ham yuritiladiLowry, Paul Benjamin; Moody, Gregory D.; Gaskin, James; Galletta, Dennis F.; Humpherys, Sean; Barlow, Jordan B.; and Wilson, David W. (2013). "Evaluating journal quality and the Association for Information Systems (AIS) Senior Scholars' journal basket via bibliometric measures: Do expert journal assessments add value?, " MIS Quarterly (MISQ), vol. 37(4), 993–1012. Also, see a YouTube video narrative of this paper at: https://www.youtube.com/watch?v=LZQIDkA-ke0..

Zamonaviy ilmmetriyaning rivojlanishi, shuningdek, Sovet Ittifoqidagi „naukovedeniye“ (ilm-fanshunoslik) umumiy anʼanalariga ham borib taqaladi. Ingliz tilidagi „scientometrics“ atamasi ruscha „naukometriya“ soʻzining soʻzma-soʻz tarjimasi boʻlib, u 1966-yilda Vasiliy Nalimov tomonidan muomalaga kiritilgan. Ushbu atama uning 1969-yilda Zinaida Mulchenko bilan hammualliflikda chop etilgan „Naukometriya: Izucheniye razvitiya nauki kak informatsionnogo protsessa“ (Ilmmetriya: Ilm-fan rivojlanishini axborot jarayoni sifatida oʻrganish) nomli monografiyasidan keyin ommalashdi. Nalimov va Mulchenkoning ishlarida aks etganidek, sovet yondashuvlarida ilm-fanga koʻpincha axborot va tizimli darajadagi jarayon sifatida qaralgan boʻlsa, Gʻarbdagi ilk ilmmetriya asosan iqtiboslarni indekslash va bibliometrik koʻrsatkichlarni ishlab chiqish bilan chambarchas bogʻliq edi. Keyinchalik Gʻarbda ilmmetriya tarixi haqida yozilgan manbalarda Zinaida Mulchenkoning ushbu soha rivojidagi roliga nisbatan kamroq eʼtibor berilgan.

1993-yilda tashkil etilgan Xalqaro ilmmetriya va informetriya jamiyati ushbu soha mutaxassislarini birlashtiruvchi professional assotsiatsiya hisoblanadi.

Keyinchalik, 20-asr oxiri, 21-asr boshlarida olimlar va muassasalarni baholash hamda reytingini tuzish masalalari diqqat markaziga chiqdi. Ilmiy nashrlar va iqtiboslarning bibliometrik tahliliga asoslangan „Jahon universitetlarining akademik reytingi“ („Shanxay reytingi“) ilk bor 2004-yilda Shanxay Jiao Tong universiteti tomonidan eʼlon qilindi. Impakt-faktorlar turli jurnallar oʻrtasidan mosini tanlab olishda muhim vositaga aylandi. „Jahon universitetlarining akademik reytingi“ hamda „Times Higher Education World University Rankings“ (THE reytingi) kabi koʻrsatkichlar universitetlarning nufuzini belgilovchi asosiy mezonga aylandi. Xirsh indeksi (h-index) esa olim faoliyatining samaradorligi va taʼsir doirasini koʻrsatuvchi muhim koʻrsatkich sifatida tan olindi. Shunga qaramay, keyinchalik mualliflik darajasini baholovchi muqobil metrikalar ham taklif etildi.

Taxminan oʻsha davrda, ilm-fanni moliyalashtirish samaradorligini baholash maqsadida tadqiqotlarni oʻrganishga boʻlgan davlatlar qiziqishi ham ortdi. Yirik iqtisodiy ragʻbatlantirish paketi hisoblangan AQShning 2009-yilgi „Amerikani qayta tiklash va qayta investitsiyalash toʻgʻrisida“gi qonuni doirasida ilmiy tadqiqotlarga sarmoyalar kiritilishi munosabati bilan, ushbu sarmoyalarning iqtisodiyotga ijobiy taʼsiri haqiqatda yuz berishini baholash uchun „STAR METRICS“ kabi maxsus dasturlar yoʻlga qoʻyildi.

Manbalar

Havolalar

The Places & Spaces: Mapping Science exhibit at the American Museum of Science and Energy, September 7, 2007 – January 7, 2008. Over-optimization of academic publishing metrics: observing Goodhart's Law in action GigaScience, Volume 8, Issue 6, June 2019

Turkum:Bibliometriya Turkum:Metafan Turkum:Fan siyosati