— Masashi Kishimoto tomonidan yaratilgan Naruto manga va anime seriyasidagi badiiy qahramon va asosiy qahramonlardan biri. Hikoyada Kakashi — seriyaning asosiy qahramonlari Naruto Uzumaki, Sasuke Uchiha va Sakura Harunodan iborat 7-jamoaning oʻqituvchisi. Kakashining oʻtmishi seriyada keng yoritilgan boʻlib, uning oʻtmish tajribalariga bagʻishlangan alohida qismlar(gaiden) ham mavjud. Kakashi Naruto mediasining bir qancha asarlarida — seriyaning kinofil’mlarida, original video animatsiyalarida va video oʻyinlarida qatnashgan.
Kakashi Narutoda Yashirin Barg qishlogʻining gʻaroyib lekin yuqori mahoratli ninzasi sifatida tasvirlanadi. Dastlab otasi Sakumoning oʻz joniga qasd qilgani tufayli sovuqqon va hisob-kitobli boʻlgan Kakashi, Naruto otasi Minato Namikaze tarbiyasida oʻqiyotgan paytda, jamoadoshi Obito Uchihaning yordami bilan yoshligida asta-sekin ruhiy holati yaxshilana boshladi. Obito orqali Kakashi Uchiha urugʻ(clan)ining Sharinganini oladi (dastlab faqat 1 tomoe bor edi), uni raqiblarining qobiliyatlarini nusxalash va oʻzinikiga aylantirishda ishlatadi, lekin bu uning kuchini ham sarflaydi. Barcha jamoadoshlarining oʻlimidan soʻng, Obito tirik qolganidan bexabar holda, Kakashi Minato va Uchihalar bilan aloqalari tufayli 7-jamoa rahbari etib tayinlanadi va ular orqali hech qachon ega boʻlmagan oilasini topadi. U dastlab befarq va loqayd shaxs sifatida tasvirlanadi, ammo seriya davomida doʻstlari, shogirdlari va qishloqqa boʻlgan sadoqati tobora yaqqolroq namoyon boʻladi. U seriyaning eng kuchli qahramonlaridan biri boʻlib, Susanodan foydalana olgan kamdan-kam qahramonlardan biridir.
U dastlab Kishimoto tomonidan qattiq oʻqituvchi sifatida yaratilgan, ammo muallif bundan voz kechdi. Buning oʻrniga, uni qiyin vaziyatlarda shogirdlarini tinchlantirish uchun xushmuomalaroq qildi va hatto unga ayolga xos xususiyatlar ham berdi. Kakashining dizayni Kishimotoga yuzining aksariyati niqob bilan yopiqligidan qiyin boʻldi va shu sababli uning his-tuygʻularini ifodalash mushkul edi. Anime seriyasida uning ovozini yaponchada Kazuhiko Inoue, inglizcha dublyajda esa Dave Wittenberg ijro etadi.
Koʻplab anime va manga nashrlari Kakashining qahramonligini maqtagan va tanqid qilgan. Garchi u shunga oʻxshash loqayd shōnen manga qahramonlarining aksi deb qaralgan boʻlsa-da, Kakashining befarq va jiddiy tomonlarining ikkiligi maqtovga sazovor boʻldi. Kakashi Naruto oʻquvchilari(muhlislari) orasida juda mashhur boʻlib, bir necha ommaboplik soʻrovlarida yuqori oʻrinlarni egalladi. Kakashiga asoslangan savdo mahsulotlari ham chiqarilgan, jumladan kalit zanjirlar va yumaloq o'yinchoq qo'g'irchoqlar.
Yaratilishi Masashi Kishimoto dastlab Kakashini Naruto mangasining ikkinchi bobida, 7-jamoaning boshqa aʼzolaridan oldin tanishtirmoqchi edi. Bu Kakashi seriyaning yapon versiyalarida gaplarini muloyim „de gozaru“ bilan yakunlaydigan, xotirjam lekin juda mahoratli ninza sifatida ishlab chiqilgan edi. Muharriri bilan suhbatdan soʻng, Kishimoto bu tanishuvni keyinga qoldirdi, bu esa unga Kakashi va 7-jamoa qolgan aʼzolarini yaxshiroq rivojlantirish imkonini berdi. Shunga qaramay, Kakashi oʻzining koʻpgina dastlabki shaxsiyat xususiyatlarini saqlab qoldi: xotirjam, boshqalarning harakatlaridan hayratlanmaydigan va koʻzlari yarim uyqudagidek koʻrinadigan. Kishimoto buni Kakashini qiziqarli rahbar qiladi va 7-jamoa xilma-xil aʼzolarini birlashtirgan holda saqlashga yordam beradi, deb hisoblaydi. Seriyaning dastlabki yaratilishida Kakashi samuray sifatida tasvirlangan, ammo u bu qahramonning mangada nima qilishini bilmas edi. Qahramonlarning oʻqituvchisi qanday munosabatda boʻlishini oʻylab, Kishimoto uni qoʻpol kattalar sifatida tasavvur qildi. Biroq u bunday shaxsiyatdan mamnun boʻlmadi va uni yanada xotirjam insonga qayta yozdi. U bu tasvirni kulgili deb topdi, lekin jiddiy vaziyatlar uchun uni qizgʻin qildi. Manga davom etar ekan, u nutq uslubini oʻzgartirdi va unga xotirjamlik, mehribonlik va ayolga xos xususiyatlar — kamida, yapon nuqtai nazaridan — qoʻshdi. Kakashining namunasi yoʻq edi; Kishimoto qiyin vaziyatlarda shogirdlariga yordam beradigan sokin oʻqituvchi yozmoqchi edi.
U seriyaning boshqa asosiy qahramonlari oʻrtasida bogʻlovchi boʻlib xizmat qilgani uchun, Kakashi reklama tasvirlarida kamdan-kam asosiy oʻringa chiqadi — buning oʻrniga shogirdlari diqqat markazida boʻlganida u orqa fonda turadi. Shōnen Jump jurnali bilan suhbatda Kishimoto aytdiki, agar u manga bilan boshqa qahramon haqida qoʻshimcha hikoya yozsa, oʻsha qahramon Kakashi boʻlardi. 2014-yil boshida Kishimoto Kakashining yuzini koʻrsatmoqchi ekanligini, lekin buni manga yoki yaqinlashib kelayotgan filmda qilishiga aniq emasligi haqida izoh bildirdi. Kakashining eng koʻp qoʻllaniladigan usullaridan biri Raikiri dastlab boshqa nomga ega edi, ammo muallif uni unutib qoʻydi. Biroq u Raikiri nomini bu chaqmoqqa asoslangan usul uchun mos deb topdi. Kakashining qahramonga sirli tus berish uchun kiritildi, chunki u faqat Uchiha urugʻi aʼzolariga xos edi. Manganing 16-bobiga kelib, Kishimoto Kakashining Sharinganini qanday olganligi haqida allaqachon qaror qilgan edi. U shuningdek Kakashining yuzini chizish qiyin ekanligini ham taʼkidladi, chunki u niqob bilan qoplangan. 2015-yil aprelida Kishimoto koʻrgazma davomida birinchi marta Kakashining yuzini ochib koʻrsatdi.
Kakashining ismini tanlashda Kishimoto bir qancha variantlarni koʻrib chiqdi: Kuwa (クワ, „ketmon“), Kama (カマ, „oʻroq“), Botan (ボタン, „pion“), Enoki (エノキ, qichitqi daraxt), va Kakashi (カカシ, „qoʻrqitqich“). U oxirida Kakashini tanladi va hozir ham bundan mamnun. Ismining maʼnosiga mos ravishda, qoʻrqitqichlar vaqti-vaqti bilan Kakashini ifodalash uchun ishlatiladi; masalan, Naruto Kakashiga oʻxshab kiyintirilgan qoʻrqitqichdan ikkalari oʻrtasidagi jang sinovi uchun mashq qilishda foydalanadi. Xuddi shunday, qoʻrqitqichlar baʼzan Kakashi paydo boʻladigan sahnalar foniga qoʻshiladi, xuddi Naruto manga uchinchi jildi muqovasidagidek.
Manganing animatsiya versiyalarida Kakashining ovozini yaponchada Kazuhiko Inoue ijro etgan. Inoue Naruto muxlislari orasida Kakashining mashhurligi uni hayratga soldi va odamlarning uni qoʻllab-quvvatlashda davom etishini kutdi. Bir suhbatda inglizcha dublyajda Kakashining ovoz aktyori boʻlgan Dave Wittenberg oʻzini qahramon bilan oʻxshash his qilishini aytdi, chunki u ham bir vaqtda bir koʻzini ochiq tutishga moyil va oʻqiyotganida unga xalaqit berilsa gʻazablanadi. U shuningdek Kakashida eng yoqadigan narsasi uning shogirdlari bilan munosabati ekanligini taʼkidlab, uni „juda yaxshi inson“ deb taʼrifladi.
Koʻrinishlari
Narutoda
Kakashi Hatake Naruto Uzumaki, Sasuke Uchiha va Sakura Harunoni oʻz ichiga olgan yangi ninza jamoasi — 7-jamoaning Jonin (elit ninza) rahbari sifatida tanishtiriladi. U dastlab beparvo qahramon sifatida namoyon boʻladi va vaqtni yoʻqotib qoʻyishga moyil boʻlib, shu sababli uchrashuvlariga tez-tez kech qoladi. Biroq shogirdlarini sinab koʻrganda, Kakashi erotik romanlar seriyasini oʻqiy turib jang qiladigan darajada kuchli raqib ekanligini koʻrsatadi. Kakashi Naruto dunyosida Sharingan ishlatishi bilan mashhur boʻlib, uni jamoadoshi Obito Uchihadan olgan va ming jutsuni koʻchirgan ninza sifatida hurmat qozongan, bu esa unga laqabini bergan. Sharingan unga boshqalarning harakatlari va jutsularini taqlid qilish qobiliyatini beradi. Kakashining koʻpgina qobiliyatlari Sharingan yordamida egallanilgan boʻlsa-da, u va uning variantini ham ixtiro qilgan — bu bir qoʻlda toʻplangan chaqmoq chakrasi boʻlib, nishonni aniqlash uchun Sharinganining koʻrish qobiliyatidan foydalanadi. 7-jamoani birinchi bor tashkil etganda, Kakashi ularga buzish kerak boʻlsa ham qoidalarni buzib boʻlsa ham jamoa boʻlib ishlash tushunchasini singdirmaguncha ularni shogirdlari sifatida qabul qilmaydi. Kakashi I-qism davomida bu falsafani Sasuke Uchihaga targʻib qilishda davom etadi, ammo u Sasuke Konohadan ketishidan oldin unga yeta olmaydi. Kakashi shuningdek oʻzini raqibi deb hisoblagan bolalik doʻsti Might Guyning turli sinovlarida istamay-istamasdan qatnashadi.
Kakashining oʻtmishi manganing I va II qismlari orasidagi boʻshliqni toʻldiruvchi oltita bobdan iborat Kakashi Gaidenda oʻrganiladi. Kakashi Konohaning eng kuchli shinjilaridan biri, ninza olamida „Bargning Oq Tishlovi“ sifatida mashhur Sakumo Hatakening oʻgʻli. Kakashi oʻzi ham bola dahosi boʻlgan va ninza akademiyasida avlodining eng iqtidorlisi sifatida tan olingan. Otasi missiyadan koʻra jamoachilarini afzal koʻrgan, shu sababli vayron boʻlgan missiyadan keyin kuchli ijtimoiy bosim ostida oʻz joniga qasd qilganidan soʻng, Kakashi missiya muvaffaqiyati jamoachilar farovonligidan doimo ustun turishi kerak degan falsafani qabul qildi. Kakash oʻqituvchisi Minato Namikaze tomonidan joriy urushni Konohaning foydasiga hal qiladigan missiyaga boshchilik qilishga tayinlanadi. Uning jamoadoshi Rin Nohara Yashirin Tosh qishlogʻi yoki Ivagakure ninzalari tomonidan asirga olinganda, ikkinchi jamoadoshi Obito Uchiha uni qutqarishga koʻndiradi. Rinni topgandan soʻng, dushman tomonidan yuzaga keltirilgan gʻor qulashi Obitoning oʻng tomonini ezib tashladi. Soʻnggi tilagi sifatida, Obito Ringa yangi olgari Sharinganini Kakashining shikastlangan koʻz kosasiga xayrlashuv sovgʻasi sifatida oʻtkazishni soʻradi. Yangi koʻzi oʻrnida Kakashi gʻor qulayotganda Rin bilan qochib, missiyalarini yakunladi. Bu voqeadan biroz oʻtgach, Kakashi yana Rin ni — bu safar Yashirin Tuman qishlogʻi yoki Kirigakure ninzalari tomonidan oʻgʻirlangan — qutqarishi kerak boʻladi; biroq u oʻsha Yashirin Tuman ninzalarini Madara Uchiha taʼsirida Rini Uch Dumli, Isobuning uy egasi qilib qoʻyganini biladi. Rin Konohaga qarshi Troya oti sxemasida ishlatilmasligi uchun Kakashidan uni oʻldirishni soʻraydi, ammo Kakashi bunga koʻnmaydi. U nihoyat Kakashining dastlab taʼqib qilayotgan Yashirin Tuman ninzasiga qaratgan Chaqmoq Qilichi yoʻliga oʻzini tashlaydi va halok boʻladi. Naruto Shippudendagi anime eksklyuziv xotira yoyida Kakashining urush davomida boshidan kechirganlarini qanday engishi koʻrsatiladi — u Minato Xokage boʻlgan davrda ANBU operativiga aylanadi va Yamatoni ham ANBU aʼzosiga aylanishiga taʼsir koʻrsatadi. ANBUdan ozod boʻlgach, Kakashi I-qism voqealaridan oldin Genin oʻqituvchisiga aylanadi.