Portugaliya milliy futbol terma jamoasi Portugaliyaning futbol boʻyicha milliy terma jamoasidir. Portugaliya Futbol Federatsiyasi tomonidan idora qilinadi.
Tarix
1966—1985 Xalqaro miqyosda ilk bor Portugaliya terma jamoasi 1966-yilda Angliyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida debyut qilgan. Keyin yangi kelganlar shov-shuvli tarzda yarim finalga chiqishdi. Braziliya, Vengriya va Bolgariya termalari bilan guruhda birinchi oʻrinni egallab, uchta gʻalabaga erishgan (mos ravishda 3:1, 3:1 va 3:0) Portugaliya chorak finalda KXDR terma jamoasini 5:3 hisobida magʻlub etdi. Oʻsha uchrashuvda poker (4ta gol) Eysebio tomonidan amalga oshirildi. Ammo keyingi turda portugallar boʻlajak chempion va turnir mezboni — britaniyaliklarga (1:2) magʻlub boʻlishadi. Uchinchi oʻrin uchun oʻyinda Portugaliya SSSR terma jamoasi bilan uchrashdi. Portugaliyaliklar birinchi boʻlib 12-daqiqada gol urishdi, Eysebio penaltidan toʻpni darvozaga yoʻlladi. Birinchi boʻlim oxirida sovet hujumchisi Eduard Malofeev hisobni tenglashtirdi. 89-daqiqagacha oʻyin tenglashdi, portugaliyalik Xose Torres gʻalaba toʻpini kiritdi. Portugaliyalik yulduz Eysebio chempionatning eng yaxshi toʻpurari (9 gol) va eng yaxshi futbolchisi boʻldi. Biroq bundan keyin Portugaliya terma jamoasi 1984 yilgacha yirik xalqaro chempionatning final bosqichiga chiqa olmadi.
Tarkibi 2008-yil may oyiga koʻra: Darvozabonlar Ricardo Nuno Rui Patrício Himoyachilar Paulo Ferreira Bruno Fernandes José Bosingwa Fernando Meira Miguel Jorge Ribeiro Pepe Képler Fábio Coentrão
Yarimhimoyachilar Raul Meireles Petit João Moutinho Miguel Veloso Deco Bernardo Silva Bruno fernandesh Hujumchilar Cristiano Ronaldo(jamoa sardori) Simão Ricardo Quaresma Nani Hugo Almeida Nuno Gomes Hélder Postiga
Manbalar
Havolalar
Portuguese Football Federation official website UEFA profile FIFA profile RSSSF archive of results 1921–2003 RSSSF archive of most capped players and highest goalscorers RSSSF archive of coaches 1921– Full reports of all matches of the Portugal National Football Team 1921–1979 Portugaliya Futbol Federatsiyasi sayti
Turkum:Yevropa milliy assotsiatsiyasi futbol jamoalari