Turk ozodlik urushi (1919-yil 15-may — 1923-yil 24-iyul) Birinchi jahon urushida magʻlubiyatga uchrab, undan keyin Usmonli imperiyasi boʻlib tashlangandan va bosib olingandan soʻng, Turk milliy harakati olib borgan bir qator harbiy yurishlar va inqilobdan iborat edi. Mojaro, Birinchi jahon urushidan keyingi Anadolu va Sharqiy Frakiyada ayniqsa oʻz taqdirini oʻzi belgilashga oid, Vilson tamoyillarini qoʻllash masalasida, turk millatchilarining ittifoqchi va separatistik kuchlarga qarshiligidan iborat edi. Inqilob Usmonli imperiyasining qulashi va Sharq masalasini yakunlab, Usmonli sultonligi hamda Usmonli xalifaligini tugatdi va Turkiya Respublikasini barpo etdi. Buning natijasida suverenitet sulton-xalifadan millatga oʻtdi va Respublika Turkiyasida millatchi inqilobiy islohotlar uchun zamin yaratildi.

Usmonlilar uchun Birinchi jahon urushi Mudros sulhi bilan yakunlangan boʻlsa-da, ittifoqchilar Sayks–Piko kelishuviga muvofiq yerlarni bosib olishni davom ettirdilar va sobiq Ittihod va taraqqiy qoʻmitasi aʼzolari hamda armanlarga qarshi genotsidda ishtirok etganlarni sud qilishni amalga oshirish uchun sharoit yaratdilarZürcher, Erik Jan. The Unionist Factor: The Role of the Committee of Union and Progress in the Turkish National Movement, 1905-1926. Leiden: E. J. Brill, 1984.. Shuning uchun usmonli qoʻmondonlari ittifoqchilar va Usmonli hukumatining qoʻshinlarini tarqatib yuborish haqidagi buyruqlariga boʻysunmadilar. Tartibsizliklar sharoitida sulton Mehmed VI tartibni tiklash uchun general Mustafa Kamol posho (Atatürk)ni yubordi. Biroq u turk millatchi qarshilik harakatining yoʻlboshchisi va tashabbuskori boʻlib qoldi. Anadolidagi hokimiyat boʻshligʻi ustidan nazorat oʻrnatish uchun ittifoqchilar yunon tinchlikni saqlash kuchlarini yuborish va Smirnani bosib olishga (Izmir) kelishib oldilar. Bu esa diniy-millatlararo taranglikni keskin kuchaytirib, Turk ozodlik urushini boshlab berdi. Ittifoqchilar bilan kelishishga urinayotganini koʻrsatgach, Mustafo Kamol boshchiligida millatchi qarshi hukumat Anqarada tuzildi. Ittifoqchilar Usmonli „Istanbul hukumati“ni konstitutsiyani, parlamentni toʻxtatib turishga va Turkiya manfaatlariga zid boʻlgan Sevr shartnomasini imzolashga majburladilar. „Anqara hukumati“ esa bu bitimni noqonuniy, deb eʼlon qildi.

Turk kuchlari janubda fransuzlarni tor-mor etib, qayta safarbar qilingan qoʻshin qismlari bolsheviklar bilan birgalikda Armanistonni boʻlib oldi va bu 1921-yildagi Kars shartnomasi tuzilishiga sabab bo'ldi. Gʻarbiy front esa Yunon-turk urushi nomi bilan maʼlum. Ismet posho (Inonyu)ning militsiyani muntazam armiyaga birlashtirish faoliyati Anqara qoʻshinlari yunonlarga qarshi Birinchi va Ikkinchi Inonyu janglarida jang qilganida oʻz samarasini berdi. Yunonlar esa Kütahya–Eskishehir jangida gʻalaba qozonib, Anqaraga tomon yurish qildilar. Turklar ularning hujumini Sakarya jangida toʻxtatdilar va Buyuk hujumda qarshi zarba berib, yunon qoʻshinlarini quvib chiqarishdi. Urush Izmirning qayta egallanishi, Chanak inqirozi va Mudanyadagi yana bir sulh bitimi bilan yakunlandi.

Anqaradagi Buyuk Millat Majlisi qonuniy turk hukumati sifatida tan olindi va u Sèvrga nisbatan Turkiya uchun ancha qulayroq boʻlgan Lozanna shartnomasini imzoladi. Ittifoqchilar Anadolu va Sharqiy Frakiyadan qoʻshinlarini olib chiqib ketdilar, Usmonli hukumati agʻdarildi, monarxiya tugatildi va Turkiya Buyuk Millat Majlisi 1923-yil 29-oktyabrda Turkiya Respublikasini eʼlon qildi. Urush, Gretsiya va Turkiya oʻrtasidagi aholi almashinuvi The Armenian Genocide, along with the killing of Assyrians and the expulsion of the Anatolian Greeks, laid the ground for the more homogeneous nation-state that arose from the ashes of the empire. Like many other states, including Australia, Israel, and the United States, the emergence of the Republic of Turkey involved the removal and subordination of native peoples who had lived on its territory prior to its founding. , Usmonli imperiyasining boʻlib tashlanishi va sultonlikning bekor qilinishi bilan Usmonlilar davrini yakunladi va Otaturk islohotlari bilan turklar dunyoviy Turkiya millat-davlatini barpo etdilar. Turkiya demografiyasi armanlarga qarshi genotsid va yunon tilida soʻzlashuvchi, pravoslav nasroniy Rum xalqining surgun qilinishi oqibatida sezilarli darajada oʻzgardi. Turk millatchi harakati mahalliy nasroniy aholilarni yoʻq qilish maqsadida qirgʻinlar va surgunlarni amalga oshirdi — bu Birinchi jahon urushi davridagi arman genotsidi va boshqa etnik tozalashning davomiyligi edi*

Levon Marashlian, „Finishing the Genocide: Cleansing Turkey of Armenian Survivors, 1920-1923,“ in Remembrance and Denial: The Case of the Armenian Genocide, ed. Richard Hovannisian (Detroit: Wayne State University Press, 1999), pp. 113-45: „Between 1920 and 1923, as Turkish and Western diplomats were negotiating the fate of the Armenian Question at peace conferences in London, Paris, and Lausanne, thousands of Armenians of the Ottoman Empire who had survived the massacres and deportations of World War I continued to face massacres, deportations, and persecutions across the length and breadth of Anatolia. Events on the ground, diplomatic correspondence, and news reports confirmed that it was the policy of the Turkish Nationalists in Angora, who eventually founded the Republic of Turkey, to eradicate the remnants of the empireʼs Armenian population and finalize the expropriation of their public and private properties.“. Natijada Anadoludagi tarixan yashagan nasroniylar deyarli butkul yoʻqoldi, musulmonlar ulushi aholi tarkibida 80 foizdan 98 foizga koʻtarildi.

Tarixiy zamin Ikkinchi konstitutsiyaviy davrdagi notinch siyosiy jarayonlardan soʻng, Usmonli imperiyasi 1913-yilda sodir boʻlgan davlat toʻntarishi natijasida nazoratni qoʻlga olgan Ittihod va taraqqiy qoʻmitasi boshqaruvi ostiga oʻtdi va keyinroq Mahmud Shevket posho oʻldirilganidan soʻng oʻz hokimiyatini yanada mustahkamladi. Dastlab Usmonli imperiyasining qulashi oldini olishni maqsad qilgan radikal inqilobiy guruh sifatida tuzilgan boʻlsa-da, Birinchi jahon urushi arafasiga kelib, yechimni millatchi va markazlashtiruvchi siyosatlarni amalga oshirishda deb bildi. Bolqon urushlaridagi yer yoʻqotishlari va Bolqon urushlari davrida musulmonlarning quvgʻin qilinishiga javoban Ittihodchilar yanada keskin millatchilik yoʻliga oʻtishdi. Hokimiyatni mustahkamlash harakatining bir qismi sifatida ular muxolif Hurriyat va itilof partiyasi siyosatchilarini taʼqib qilib, ularni chekka Sinopga surgun qilishdi.

Ittihodchilar Usmonli imperiyasini Birinchi jahon urushiga Germaniya va Avstriya-Vengriya tomonida olib kirdilar. Urush davomida Usmonli nasroniylariga — xususan, armanlar, Pont yunonlari va ossuriylarga qarshi genotsid siyosati yuritildi. Bu uch guruh ittifoqchilar tomonida qoʻzgʻolon koʻtaradi degan fitnaga asoslanib, ularga nisbatan jamoaviy jazolash qoʻllanildi. Shunga oʻxshash shubha va bosim turk millatchi hukumati tomonidan arab va kurd aholisiga ham qaratildi, bu esa mahalliy qoʻzgʻolonlarga sabab bo'ldi. Antanta davlatlari bu voqealarga javoban odatda Uch posho nomi bilan tanilgan Ittihod va taraqqiy rahbarlarini „insoniyatga qarshi jinoyatlar“da aybladilar va ularni javobgarlikka tortish bilan tahdid qildilar. Shu bilan birga, ular Usmonli hududlariga nisbatan mustamlakachilik niyatlariga ega boʻlib, urushdan keyingi Usmonli imperiyasini qayta taqsimlash haqidagi yozishmalar matbuotga sizib chiqdi va bu holat Sayks–Piko kelishuvi sifatida maʼlum boʻldi. Rossiyaning urushdan chiqishi va qisman Usmonlilar tomonidan Turk boʻgʻozlarining Rossiyaga moʻljallangan yuklar uchun yopilishi tufayli yuzaga kelgan fuqarolar urushi Antanta davlatlari uchun Usmonli imperiyasini urushdan chiqarib tashlash va Sharqiy frontni qayta ochish zaruratini kuchaytirdi.

Birinchi jahon urushi usmonchilik — imperiyachilik va koʻp millatli millatchilik gʻoyasiga yakun yasadi. 1913-yildan keyingi turk bo'lmagan guruhlarga nisbatan yomon munosabat va Birinchi jahon urushidan keyingi davrdagi katta ijtimoiy-siyosiy larzalar koʻplab ozchiliklarni imperiyadan yuz oʻgirib, oʻz kelajaklarini mustaqil, respublikachi millat-davlatlarda koʻrishga undadi. 1918-yilga kelib Ittihodchilar tomonidan Usmonli nasroniylariga qarshi amalga oshirilgan turk millatchi siyosatlari natijasida Usmonli imperiyasi Sharqiy Frakiyadan to Fors chegaralarigacha asosan musulmonlardan iborat nisbatan bir xil tarkibli hududga egalik qildi. Bularning aksariyati turklar boʻlib, shuningdek, kurdlar, cherkeslar va Rumelidan kelgan muhojir guruhlar ham bor edi. Musulmon arablarning katta qismi endi Usmonli imperiyasi tashqarisida, ittifoqchilar bosib olgan hududlarda edi; ularning ayrim „imperiyachi“lari hanuz Usmonli sulton-xalifaligiga sodiq boʻlsa, boshqalari mustaqillik yoki Millatlar Ligasi mandati ostida ittifoqchilar himoyasini istar edi. Imperiya chegaralarida hali ham sezilarli yunon va arman ozchiliklari yashab qolgan boʻlsa-da, ularning koʻpchiligi endi Usmonli imperiyasi tarkibida qolishni istamasdi.

Izohlar

Manbalar

Adabiyotlar

Dobkin, Marjorie Housepian, Smyrna: 1922 The Destruction of City (Newmark Press: New York, 1988). .

Mango, Andrew, The Turks Today (New York: The Overlook Press, 2004). .

Pope, Nicole and Pope, Hugh, Turkey Unveiled: A History of Modern Turkey (New York: The Overlook Press, 2004). .

Turkum:Urushlar oqibatlari