Muhammad ibn Umayl at-Tamimiy (; lotin tilida Senior Zadis nomi bilan ham tanilgan) — -yildan gacha yashagan ilk musulmon alkimyogar.

Uning hayoti haqida juda kam narsa maʼlum. Vatikan kutubxonasi katalogida uning islomiy Ispaniyaga aloqadorligini koʻrsatuvchi al-Andalusiy nisbasi qayd etilgan bir qoʻlyozma mavjudPaul Kraus: Jâbir ibn Haiyân, Cairo, IFAO, 1942–3, p. 299., biroq uning asarlari u asosan Misrda yashab ijod qilganidan dalolat beradi. Ibn Umayl Shimoliy Afrika va Iroqqa ham borganStarr, Peter: Towards a Context for Ibn Umayl, Known to Chaucer as the Alchemist Senior . Retrieved 2024-05-06 This seminal work was reprinted in facsimile in 2002 as Ibn Umayl (fl. c. 912). Texts and Studies (Collection "Natural Science in Islam" , vols. nº 55-75 ). Ed. F. Sezgin. . Published by Institut für Geschichte der Arabisch-Islamischen Wissenschaften , University of Frankfurt, Westendstrasse 89, D-60325 Frankfurt am Main.. introvert hayot turmush tarzini kechirgan koʻrinadi va buni oʻz qoʻloyzmalarida boshqalarga ham tavsiya qilganfol. 2f.p. XIII.. Uning yozuvlaridagi Alkimyoviy pechni Misr ibodatxonalari bilan taqqoslash, uning bir muddat Alkimyoning sobiq markazi boʻlgan Axmimda yashagan boʻlishi mumkinligini koʻrsatadi. Shuningdek, u Misrda yashagan alkimyogarlar — panopolislik Zosimos va Zunnun al-Misriylardan iqtibos keltiradi.

Keyingi Yevropa adabiyotida ibn Umayl bir qator nomlar bilan tanilgan: uning shayx unvoni lotin tiliga tarjimada 'senior’ga aylangan, sharafli unvon as-sadik fonetik tarzda 'Zadis' sifatida berilganJulius Ruska, Senior Zadith = Ibn Umail. Orientalistische Literaturzeitung 31, 1928, pp. 665-666. va 'ibn Umail' esa notoʻgʻri tarjima natijasida 'filius Hamuel', 'ben Hamuel' yoki 'Hamuelis’ga aylangan.

Manbalar

Havolalar Chaucer ismlar lugʻati 1988, Jacqueline de Weever, Garland Publishing Bibliotheca Chemicaga sharh 86-bandda.

Arab tilida. „Muhammad bin Umail (milodiy X asr) ning alkimyo haqidagi uchta arab risolasi: MATNLAR NASHRI“, Memoirs of the Asiatic Society of Bengal 12-jildda, 1933-yil.

Turkum:900-yillarda tugʻilganlar Turkum:960-yilda vafot etganlar Turkum:11-asr arablari Turkum:Oʻrta asrlar islom olami alkimyogarlari Turkum:11-asr olimlari Turkum:11-asr faylasuflari Turkum:Islom faylasuflari Turkum:Oʻrta asrlar islom faylasuflari