Malika al-Masluhiy (1999-yil 9-yanvarda tugʻilgan) — marokash va italiyalik ajdodlarga ega boʻlgan italyan moda modeli.

Hayoti Malika al-Masluhiy 1999-yil 9-yanvarda marokashlik ota va italiyalik onadan iborat oilada, Milan shahrida tugʻilgan. Oila Milandagi uyida ikki tilda soʻzlashadi.

Faoliyati Malika al-Masluhiy 18 yoshida model boʻlib ishlashni boshlagan, onasining dugonasi uni italiyalik kasting direktori bilan tanishtirgan. U Milanda joylashgan VIVA Model Management agentligiga shartnoma asosida qoʻshilgan. Uning ilk moda namoyishi 2019-yil kuz-qish mavsumida Alberta Ferretti uchun podiumda yurishi boʻlgan. Marokashning Marokash shahrida boʻlib oʻtgan Dior koʻrgazmasi va Fransiya Riverasidagi Provenceda oʻtkazilgan Jacquemus koʻrgazmasiga tanlanganidan soʻng, u kollejdagi oʻqishini tark etishga va toʻliq vaqtli model boʻlib ishlashga qaror qilgan. U podiumda yurgan boshqa brendlar qatorida Chanel, Tommy Hilfiger, Vera Wang, Missoni, Ralph Lauren, The Row bor; u, shuningdek, Lanvin, Calvin Klein ichki kiyimlari, Anthropologie va Zara reklama kampaniyalarida ishtirok etgan.

Malika al-Masluhiy Vogue Arabia va Fransiyaning Elle jurnali muqovalari uchun suratga tushgan. Tahririy materiallarda u T: The New York Times Style Magazineda, The Sunday Timesda, Vogue Italiada, British Vogueda va Dazed jurnalida koʻrinish bergan. Vogue uni 2020-yil bahori uchun „eng yaxshi 15 model“dan biri sifatida tanlar ekan, „Fellini filmi uchun munosib goʻzallik“ deb taʼriflagan. Models.com ham Malika al-Masluhiyni 2020-yilgi mavsum uchun Breakout (keskin ilgʻor) toifasidagi eng yaxshi yangi modellar qatoriga kiritgan.

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Marokashlik modellar