Kamilla Farhad (; 1996-yil 18-yanvarda tugʻilgan) — ozarbayjonlik tennischi. 2011-yil 7-noyabrda yakkalik bahslari boʻyicha jahon reytingida 1141-oʻringa koʻtarilgan. 2011-yil 10-oktyabrda juftlik bahslari boʻyicha jahon reytingida 539-oʻrinni band qilgan.

Tennischi Ayollar tennis assotsiatsiyasi (WTA) musobaqalaridagi debyut oʻyinini 2011-yilgi Boku kubogida oʻtkazgan. Biroq sportchi birinchi raundda Fransiya vakilasi Aravane Rezaïga oʻyinni boy bergan. Juftlik bahslarida Farhad Nigina Abduraimova bilan juftlik hosil qilib, chorak finalgacha yetib borgan. Ammo chorak final bahsida Monica Niculescu va Galina Voskoboyeva juftligiga magʻlub boʻlgan.

Turkum:Ozarbayjonlik ayol tennischilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1996-yilda tugʻilganlar Turkum:21-asr ozarbayjonlik ayol sportchilar