Turkmaniston davlat sirki — (turkmancha: Türkmenistanyň Döwlet Sirki) Turkmanistonning poytaxti Ashxoboddagi asosiy sirk arenasi. U 1700 oʻringa moʻljallangan sigʻimga ega. Turkmaniston Madaniyat va radioeshittirish vazirligi tomonidan boshqariladi.

Tarixi Sirk 1979–1984-yillarda qurilgan. 2001-yilda Turkmanistonning birinchi prezidenti Saparmurot Niyozov baletga, shuningdek, opera, sirk, Milliy xalq raqs ansambliga taqiq qoʻygan. 2008-yilda Turkmanistonning ikkinchi prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov qoʻyilgan taqiqni bekor qildi. Prezident farmoni bilan Turkmaniston davlat sirki qayta SSSR davrida qurilgan eski sirk binosida tashkil etildi. Bu binoni qayta rekonstruksiya qilish 2008-yil iyun oyida amalga oshirildi. 2009-yil oktyabr oyida Turkmaniston davlat sirki qayta ochildi va birinchi spektakl namoyish etildi. Sirk tomoshalari uchun moʻljallangan asosiy maydon diametri 13 metrli aylana maydonchadan iborat. Arenadan sirk binosining eng baland nuqtasigacha boʻlgan balandlik 18 metrni tashkil etadi. Maydon atrofida tomoshabinlar uchun oʻrindiqlar joylashtirilgan. 2010-yilda esa sirk sanʼatini oʻrgatish uchun maktab-studiya ochildi. 2012-yilda Minskda Turkmaniston davlat sirkining birinchi xorijiy gastrollari boʻlib oʻtdi. 2013-yilda turkman sirkchilari Moskvadagi „Idol“ sirk festivalida oltin medalni qoʻlga kiritdilar.

Manbalar

Turkum:Turkmaniston madaniyati