Svetlana Tširkova ; 1945-yil 5-noyabrda tugʻilgan), 1980-yildan keyin Tširkova-Lozovaja - sobiq sovet qilichbozi, rapira yoʻnalishi boʻyicha jamoaviy bahslarda ikki karra Olimpiya chempioni, qilichbozlik boʻyicha Estoniyada murabbiy boʻlgan.

Tširkova 1968 va 1972-yillardagi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida rapira yoʻnalishi boʻyicha jamoaviy bahslarda ikkita oltin medalni qoʻlga kiritganProfile: „Svetlana Tširkova“ sports-reference.com (Retrieved on January 22, 2008).

1969-yilda Kubaning Gavana shahrida oʻtgan jahon chempionatining yakkalik bahslarida ruminiyalik Ileana Gyulai-Drîmbă-Jeneiga yutqazib, bronza medalni qoʻlga kiritgan.

1972-yilda sportchi „Mehnatda oʻrnak koʻrsatganlik uchun“ medali bilan taqdirlangan va SSSRda xizmat koʻrsatgan sport ustasi unvonini olgan Svetlana Tširkova sai olümpiakulla asemel diplomi Eesti Päevaleht, March 20, 2006 (Retrieved on January 22, 2008).

Tširkova 1950-yildan beri Estoniyada yashab keladi. 1973-yilda Tallin pedagogika universitetini tamomlagan va Estoniya SSRning qilichbozlik boʻyicha 5 karra chempioni boʻlgan.

Olimpiya gʻolibi sifatida sportchi Estoniya Olimpiya qoʻmitasining faxriy aʼzosi hisoblanadiHonorary members of the Estonian Olympic Committee eok.ee (Retrieved on January 22, 2008).

Tširkovaning ikki oʻgʻli bor. Farzandlari Eduard „Edik“ BerFencing Ranking: Eduard Ber nahouw.net (Retrieved on January 22, 2008) va Kirill LozovoiFencing Ranking: Kirill Lozovoi nahouw.net (Retrieved on January 22, 2008) ham qilichbozlik sporti bilan shugʻullanadi.

2006-yilda Tširkova Estoniyaning II darajali Oq yulduz ordeni Svetlana Lozovaja-Tširkova Teenetemärkide kavalerid bilan taqdirlangan.

Manbalar

Turkum:1945-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Qilichbozlar 1968-yilgi Yozgi Olimpiya o‘yinlarida Turkum:Qilichbozlar 1972-yilgi Yozgi Olimpiya o‘yinlarida Turkum:Tallin universiteti bitiruvchilari