Halil bey (; 1347-yilda tugʻilgan — 1362-yilda vafot etgan) — Usmoniy shahzoda, Usmoniylar beyligining ikkinchi hukmdori Oʻrxon I va Theodora Kantakouzenening oʻgʻli. Onasi Vizantiya imperatori John VI Kantakouzenos hamda Irene Asaninaning qizi boʻlgan. Uning oʻgʻirlab ketilishi XIV asrda Usmoniylar–Vizantiya munosabatlarida muhim voqea boʻlgan. Oʻgay akasi Murod I tomonidan qatl etilgan.

Oʻgʻirlab ketilishi XIV asr oʻrtalarida Egey dengizi va Marmar dengizi sohillari boʻylab dengiz qaroqchiligi keng tarqalgan edi. Qaroqchilar, odatda, odamlarni toʻlov evaziga garovga olib ketishardi. 1357-yilda ular Halilni Marmar sohilida Izmit (qadimgi Nikomediya) yaqinida oʻgʻirlab ketishdi. Ular avvaldan oʻljaning kimligini bilgan-bilmagani nomaʼlum, biroq buni bilib qolishgach, Egey sohilidagi Fokeya (hozirgi Focha)ga qochib ketishgan. Fokeya yaqinda Genuya Respublikasidan tortib olingan Vizantiya qal’asi boʻlib, unga Leo Kalothetos qoʻmondonlik qilardi. Oʻrxon oʻgʻlini qutqarish maqsadida Vizantiya imperatori Andronikos IV Palaiologosga murojaat qilgan va Vizantiya qarzlarini bekor qilishni hamda Kantakuzinlar sulolasining Vizantiya taxtiga daʼvolarini qoʻllab-quvvatlamaslikni vaʼda qilgan. Andronikos bunga rozi boʻlib, Halilni qutqarishga uringan, ammo Leo bunga koʻnmagan. Shu bois 1358-yilda Andronikos 3 ta kemadan iborat kichik flot bilan (xarajatlarini Oʻrxon toʻlagan) Fokeyani qamal qilishga majbur boʻlganHalil İnalcık: Kuruluş Dönemi Osmanlı Sultanları, İsam, İstanbul, 2010, pp. 66–69. U, shuningdek, Saruhan (Rum sultonligi parchalanib ketganidan keyin vujudga kelgan gʻarbiy Onadoʻlidagi kichik turkman beyligi) hukmdori Ilyos beyni Fokeyaga qarshi qoʻshma amaliyot uchun chaqirgan. Biroq Ilyos har ikki tomonni ham aldab, ov paytida Andronikosni oʻgʻirlab ketishni rejalashtirayotgan edi. Shunga qaramay, Andronikos uni hibsga olib, raqib rejasining oldini olganProf. Yaşar Yüce-Prof. Ali Sevim: Türkiye tarihi Cilt I, AKDTYKTTK Yayınları, İstanbul, 1991 p 234. Saruhan hamkorligisiz u qamalni toʻxtatgan. 1358-yilgi amaliyotlar muvaffaqiyatsiz tugagach, Oʻrxon muzokaralar uchun Bosforning Osiyo sohilidagi Skutari (hozirgi Uskudar)ga kelgan va 30 000 dukat miqdorida tovon puli toʻlashga rozi boʻlgan. 1359-yilda Halil ozod etilgan.

Oqibatlari Kelishuvning bir qismi sifatida Halil oʻzining amakivachchasi, John V Palaiologosning 10 yoshli qizi Irene Palaiologinaga unashtirilganNicolae Jorga: Geschiste des Osmanichen Reiches vol I, (trans: Nilüfer Epçeli) Yeditepe Yayınları, 2009, , p. 196Several of John V's daughters and granddaughters married Ottoman princes: his daughter Maria married Murad I, two more his sons Bayezid I and Yakub, while a fourth, Irene, married Halil, Murad’s half-brother. Two granddaughters, daughters of Theodore and Zampia, married a son and grandson of Bayezid I, Süleyman and Mustafa.. Keyinchalik Usmoniy shahzoda va vizantiyalik malika turmush qurib, 2 oʻgʻil koʻrgan. Halilning katta akasi Sulaymon posho allaqachon vafot etgani bois Paleologlar sulolasi uni Usmoniylar beyligining yangi hukmdori sifatida koʻrishga umid qilgan. Biroq Oʻrxonning vafotidan soʻng Halilning akasi Murod I yangi sulton sifatida taxtga chiqqan. Halil taxt uchun kurashishga uringan boʻlsa-da, 1362-yilda akasi tomonidan qatl etilgan.

Farzandlari Uning 2 oʻgʻli boʻlgan: Gündüz bey (1361–1362) Murod I tomonidan qatl etilgan; Ömer bey (1362–1362) Murod I tomonidan qatl etilgan.

Manbalar

Turkum:Usmoniylar imperiyasi shahzodalari Turkum:1347-yilda tugʻilganlar Turkum:1362-yilda vafot etganlar