Abu Bakr Abdulloh ibn Ahmad al-Qaffal al-Marvaziy () — 10-asrda yashagan sunniy fiqh va kalom olimi. U Shofiʼiylik fiqh maktabining ustasi va Ashʼariylar kalomining sadoqatli tarafdori sifatida eʼtirof etilgan. Islom oltin davrida yashagan va mintaqada sunniylikni shakllantirishda muhim rol oʻynagan.
Ilk hayoti Al-Qaffal taxminan hijriy 291-yilda / milodiy 904-yilda oʻrta asrlardagi Katta Xurosonning (hozirgi Afgʻoniston) muhim shaharchalaridan biri boʻlgan Marv ar-Rudda tugʻilgan. Yoshligidan islomiy ilmlarga qiziqqan. Nishopur, Bagʻdod va boshqa ilm markazlaridagi yetuk ulamolardan taʼlim olish uchun safar qilganIlohiyotshunos va faqihlar, jumladan Shofiʼiy hamda Ashʼariy Abul Hasan Ali ibn Ismoil shogirdlaridan dars olib, Usul al-Fiqh asoslari va kalom tamoyillarini oʻzlashtirgan.
Hissasi va taʼlimoti Al-Qaffal al-Marvaziy Xuroson va Markaziy Osiyoda mashhur mudarrisga aylandi. Eng muhim hissalari quyidagilar:
Karromiylar kabi firqalar taʼsirli boʻlgan davrda Ashʼariylar aqidaviy taʼlimotlarini targʻib qilishi; shofi’iy fiqhining dastlabki anʼanalarini rivojlantirish va rivoyat qilish; kalomda aqliy munozarani qoʻllab-quvvatlagan mantiqiy va falsafiy hissalar
Uning „al-Qaffal“ taxallusi dastlab qulfsoslik yoki metallsozlik kasbiga (qaffāl) ishora qilgan, keyinchalik esa ilohiy bahslarni aniqlik bilan „qulflash“dagi mahoratini anglatuvchi ramzga aylangan.
Taʼsiri Tarixiy manbalarga koʻra, al-Qaffal Mahmud Gʻaznaviyning aqidaviy yoʻnalishiga sezilarli taʼsir koʻrsatgan. Dastlab Karromiylarga moyil boʻlgan Mahmud al-Qaffal kabi olimlar taʼsiri ostida qolib, oxir-oqibat Ash’ariy aqida va Shofi’iy fiqhiga yuzlangan hamda saroyini tajsimga moyil va shia mazhabparast oqimlardan uzoqlashtirgan.
Merosi Al-Qaffal al-Marvaziy sharqiy islomiy oʻlkalarda sunniylikning mustahkamlashi; Markaziy Osiyo va undan tashqarida shofi’iy va ash’ariy taʼlimotlarni yoyadigan shogirdlarni tarbiyalashi; Mu’tazila hamda tajsimga moyil talqinlarga qarshi sunniy kalomini aqliy va madrasa anʼanalariga tayangan holda himoya qilishi bilan yodga olinadi.
U taxminan hijriy 365-yilda / milodiy 976-yilda vafot etgan.
Yana qarang Ashʼariylar Shofiʼiylik Karromiylar Mahmud Gʻaznaviy
Manbalar
Turkum:11-asr arablari Turkum:Sunniy musulmon ulamolar Turkum:Ash’ariylar Turkum:Shofiʼiylar