Anastasia Zarycká Polách (1998-yil 8-yanvarda Pragada tugʻilgan) — chexiyalik sobiq tennischi. 2017-yil aprel oyidan boshlab msobaqalarda Chexiya mamlakati sharafini himoya qilib kelgan. Otasi ukrain, onasi esa chex millatiga mansub.
Sport faoliyati Yoshlar oʻrtasidagi reytingda sportchi 2016-yil mart oyida 21-oʻringa koʻtarilishga muvaffaq boʻlgan. Zarycká tennischi Dayana Yastremska bilan birga 2016-yilgi Avstraliya ochiq chempionatining qizlar oʻrtasida juftlik bahsi finaliga chiqqan.
Kattalar oʻrtasidagi WTA reytingida yakkalik yoʻnalishi boʻyicha 206-oʻrin, juftlik yoʻnalishi boʻyicha esa 189-oʻrinni qayd etgan. Zarycká ITF ayollar oʻrtasida jahon tennis turnirlari seriyasida yakkalik yoʻnalishi boʻyicha 4 ta, juftlik yoʻnalishi boʻyicha esa 9 ta unvonni qoʻlga kiritgan.
Sportchi WTA Tur musobaqasi doirasidagi asosiy toʻr bahslarida ilk bor 2017-yilgi Praga ochiq turnirida qatnashgan. U musobaqada Tereza Smitková bilan juftlik bahsida ishtirok etgan.
Zarycká 2021-yil avgust oyida ITF ayollar oʻrtasida jahon tennis turnirlari seriyasida oʻzining professional sport faoliyatidagi soʻnggi uchrashuvini oʻtkazgan.
Shaxsiy hayoti Anastasia Zarycká 1998-yil 8-yanvarda Pragada tugʻilgan. Uning otasi ukrain, onasi esa rus. 2017-yil aprel oyida u Chexiya fuqaroligini olgan. Zarycká 9 yoshida tennis oʻynay boshlagan, shundan beri sportchi TK Sparta Praha klubining aʼzosi boʻlgan.
2022-yilda u Josef Poláchga turmushga chiqqan.
Manbalar
Turkum:1998-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Ukrainalik ayol tennischilar Turkum:Chexiyalik ayol tennischilar Turkum:21-asr ukrainalik ayol sportchilar