Nodirbek Allaberganov (2006-yil 12-avgustda tugʻilgan) — oʻzbekistonlik havaskor bokschi. U yarim yengil va yengil vazn toifalarida ishtirok etadi. Allaberganov 2024-yilda Qozogʻistonning Ostona shahrida oʻtkazilgan yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida 57 kg vazn toifasida oltin medalni qoʻlga kiritgan.
Faoliyati Allaberganov Oʻzbekiston terma jamoasi safida yoshlar oʻrtasidagi xalqaro boks musobaqalarida qatnashgan. 2024-yilgi yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida u 57 kg vazn toifasida oltin medalni qoʻlga kiritigan.
U 2024-yilda Chernogoriyaning Budva shahrida oʻtkazilgan IBA yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ham ishtirok etgan. Musobaqada u Qozogʻiston vakili Aleksey Xavantsev va Trinidad va Tobago vakili Darnell Sinaswee ustidan gʻalaba qozongan, keyin esa Puerto-Riko vakili Yandiel Lozanoga yutqazgan. Ushbu yili Nodirbek Oʻzbekiston chempionati bronza medali sohibiga aylangan.
2024-yilda u Jizzax shahrida o‘tkazilgan Oʻzbekiston yoshlar chempionatida 57 kg vazn toifasida gʻolib chiqdi. Finalda Samandar Olimovni magʻlub etib, musobaqaning eng yaxshi bokschisi unvonini qoʻlga kiritdi.
Shundan so‘ng u 2024-yilgi yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida 57 kg vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritdi. Yarim finalda Tojikiston vakili Damir Muibalikhonovni 5:0 hisobida mag‘lub etdi. Finalda esa Iordaniya bokschisi Qais Eshishga qarshi ringga chiqib, 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.
2025-yilda Allaberganov Ozarbayjonning Boku shahrida oʻtkazilgan Great Silk Way boks turnirida sovrindor bo`lgan. Ushbu turnirda u Bekzat Ysabek uulu, Yerbolat Sabyr va Xusravxon Rahimov ustidan gʻalaba qozongan.
Nodirbek 2025-yil kattalar oʻrtasida oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritdi.
Manbalar
Turkum:Oʻzbekistonlik erkak bokschilar