Anna Hutsol (toʻliq ismi Anna Vasylivna Hutsol, 1984-yil 16-oktyabrda tugʻilgan Он-лайн конференция с Гуцол Анной Васильевной, основательницей и лидером женского движения FEMEN , RBK Ukraine (23 July 2010)) — ukrainalik aktivist va FEMEN radikal feministik harakati asoschilaridan biri.
Biografiyasi Anna Hutsol Rossiyada tugʻilgan, biroq 1991-yilda ota-onasi bilan Ukrainaga koʻchib oʻtgan. U iqtisodchi boʻlib, avval Tina Karolning shaxsiy yordamchisi sifatida ishlagan Игры на раздевание. Femen завоевывает симпатии мужчин и теряет поддержку феминисток Games on the strip. Femen winning the sympathies of men and losing the support of feminists , Focus (27 March 2012).
2008-yilda Hutsol FEMEN tashkilotiga asos solgan. U bu qarorga xorijdan kelgan yolgʻon vaʼdalarga ishonib aldanib qolgan ukrainalik ayollar haqidagi voqealardan taʼsirlanib kelganFeminine Femen targets 'sexpats', Kyiv Post (22 May 2009). Uning fikricha, FEMENni yaratishdan maqsad jamiyatda ayollarning faolligi yetarli emasligi muammosini koʻtarish boʻlgan, chunki Ukraina jamiyatida erkaklar ustunligi kuchli boʻlib, ayollar koʻpincha passiv rolni egallaydiHow they protest prostitution in Ukraine, France 24 (28 August 2009).
Uning taʼkidlashicha, Tina Karol bilan ishlash davomida orttirgan tajribasi FEMEN harakatining jamoatchilik bilan aloqalarini rivojlantirishda muhim rol oʻynagan. Guruhning asosiy norozilik usuli — yalangʻoch namoyishlar oʻtkazishdir. Dastlab guruh Ukrainada fohishalikka qarshi chiqishlar bilan faoliyat boshlagan, keyinchalik esa oʻz yoʻnalishini kengaytirib, ayollar huquqlari va fuqarolik erkinliklarini himoya qilishga, ham Ukraina, ham xalqaro miqyosda qaratgan.
Hutsol 2011-yil yanvar oyida Ukraina Oliy Radasida FEMEN vakilligini yoʻlga qoʻyishni maqsad qilgan. Biroq tashkilot 2012-yil oktabr oyida oʻtkazilgan Ukraina parlament saylovlarida ishtirok etmagan Information on the registration of electoral lists of candidates , Central Election Commission of UkraineUkraine's Femen: Topless protests 'help feminist cause', BBC News (23 October 2012).
2012-yil 16-noyabrda u Rossiya Federatsiyasi Federal xavfsizlik xizmati tomonidan Pulkovo aeroportida qoʻlga olinganFemen Report Leader Detained At Russian Airport, Radio Free Europe/Radio Liberty (17 November 2012). Unga dastlab Rossiyaga kirish uchun taqiq qoʻyilgan, keyinchalik Parijga deportatsiya qilingan.
2013-yil avgust oyining oxirlarida u va bir nechta FEMEN guruhi aʼzolari oʻz hayoti va erkinligidan xavotir olib Ukrainani tark etgan. Shu yili Hutsol Shveysariyadan siyosiy boshpana soʻragan, biroq 2014-yil 27-martda uning arizasi rad etilganUkrainian Activist Denied Entry to Russia, RIA Novosti (17 November 2012). Femen's leader, Hanna Hutsol, barred from Russia, Kyiv Post (17 November 2012). У колишньому офісі Femen відкрили книжкову крамницю In the former office Femen opened a bookstore, Ukrayinska Pravda (23 October 2013) Активістки Femen втекли з України Femen activists fled from Ukraine, Ukrayinska Pravda (31 August 2013) Femen закриє офіс в Україні, але діяльність не припинить Femen closes office in Ukraine, however, the activities do not stop, Ukrayinska Pravda (27 August 2013).
Manbalar
Turkum:Ukrainalik ayol aktivistlar Turkum:Feministlar Turkum:21-asr ukrainalik iqtisodchilar