Xrapovik samarasi — sotsiologiya va iqtisodiyotdagi tushuncha bo‘lib, ma’lum bir hodisa yuz bergandan keyin tanlangan harakat yo‘nalishini ortga qaytarish qanchalik qiyin ekanini ifodalaydi. U faqat bir yo‘nalishda harakatlanishga imkon berib, teskari yo‘nalishda esa harakatni to‘xtatib qo‘yadigan yoki yanada mahkamlab qo‘yadigan mexanik “ratchet” (tishli mexanizm)ga o‘xshatiladi.Ushbu konsepsiya turli ilmiy sohalarda qo‘llanilgan bo‘lib,loyiha doirasining kengayib borishi,vazifalarning asta-sekin kengayib ketishi va mahsulotga ortiqcha funksiyalarning qo‘shilib borishi kabi hodisalar bilan bog‘liqdir. Kirish Xrapoviksamarasi ilk bor Alan Peacock va Jack Wisemanning 1961-yildagi "The Growth of Public Expenditure in the United Kingdom" hisobotida paydo bo‘lgan. Peacock va Wiseman davlat xarajatlari inqiroz davrlaridan keyin xuddi xrapovikli mexanizm kabi oshib borishini aniqladilarAlan Peacock and Jack Wiseman , 1961, .

Keyinchalik bu atama amerikalik tarixchi Robert Higgs tomonidan 1987-yilda chop etilgan "Crisis and Leviathan" kitobida kengaytirildi, unda Peacock va Wisemanning tadqiqoti hukumatlar dastlab vaqtinchalik ehtiyojlar uchun yaratilgan (masalan, urush davri choralarida, tabiiy ofatlar yoki iqtisodiy inqirozlar paytida) yirik byurokratik tashkilotlarni qisqartirishda qiyinchiliklarga duch kelishi bilan bog‘lab ko‘rsatilgan .

Bu ta'sir xuddi shuningdek ko‘plab byurokratik qatlamlarga ega yirik bizneslarga ham ta’sir qilishi mumkin, ular islohot yoki tugatilishga qarshilik ko‘rsatadiRobert Higgs Crisis and Leviathan, OUP, 1987, .

Ish joylarida “xrapovikli mexanizm ” markaziy boshqaruvchilarning keyingi yil maqsadlarini o‘tgan yil natijalariga asoslab belgilash tendensiyasini anglatadi, ya’ni agar menejerlar keyingi maqsad davrida ham o‘z lavozimida qolishini kutsa, ular hatto osonlik bilan uddalay olsa ham, belgilangan maqsadlardan oshib ketmaslik uchun noto‘g‘ri rag‘batga ega bo‘ladi". Manbalar

Turkum:Oʻyin nazariyasi Turkum:Iqtisodiy atamalar Turkum:Iqtisod