Zibeyda Sodiqova (toʻliq ismi: Zibeyda Sohbat qizi Sodiqova; ; 1985-yil 26-fevralda tugʻilgan) — ozarbayjonlik inson huquqlari boʻyicha advokat. 15 yildan ortiq vaqt davomida inson huquqlarini himoya qilish faoliyati bilan shugʻullanib keladi. Ayollar huquqlari va oilaviy zoʻravonlikka qarshi kurashga alohida eʼtibor qaratadi. Ozarbayjon Respublikasi Advokatlar kengashi aʼzosi sifatida mamlakatda qariyb oʻn nafar siyosiy mahbusning huquqlarini himoya qilgan.
Ilk yillari Zibeyda Sodiqova 1985-yil 26-fevralda tugʻilgan. 2001–2005-yillarda u Boku davlat universitetining yuridik fakultetida tahsil olgan.
Huquq himoyasi Zibeyda Sodiqova koʻp yillardan beri Ozarbayjonda siyosiy sabablarga koʻra hibsga olingan shaxslarning huquqlarini himoya qilib keladi. Shuningdek, u ayollar huquqlariga hamda oilaviy zoʻravonlikka qarshi kurashga eʼtibor qaratadi.
Sodiqova bir qator shaxslarning huquqlarini himoya qilgan. Jumladan, 2014-yil iyunida hibsga olingan advokat Aliabbas Rustamov, 2016-yil mayida hibsga olingan faol Giyas Ibrohimov, 2016-yil iyunida hibsga olingan jurnalist Fikret Faramazogʻli, Ozarbayjon Xalq fronti partiyasi (OXF) aʼzosi boʻlgan, 2016-yil avgustida hibsga olingan faol Fuad Ahmadli, 2017-yil mayida hibsga olingan siyosatchi Goʻzal Bayramli, 2017-yil mayida hibsga olingan faol Afgʻon Muxtarli, 2019-yil oktyabrida hibsga olingan OXF faoli Pasha Umudov, 2020-yil martida hibsga olingan yana bir OXF faoli Niyameddin Ahmadov, 2022-yil dekabrida hibsga olingan siyosatchi Baxtiyor Hojiyev, 2023-yil iyulida hibsga olingan iqtisodchi Gubad Ibadogʻlu, 2023-yil sentyabrida hibsga olingan mehnat huquqlari faoli Afiyaddin Mammadov, Abzas Media asoschisi, 2023-yil noyabrida hibsga olingan Ulvi Hasanli, 2023-yil dekabrida hibsga olingan inson huquqlari himoyachisi Ilhamiz Guliyev, Toplum TV jurnalisti, 2024-yil martida hibsga olingan Farid Ismayilov, 2024-yil avgustida hibsga olingan tadqiqotchi Bahruz Samadov, Meydan TV jurnalisti, 2024-yil dekabrida hibsga olingan Natig Javadlining huqularini himoya qilgan.
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1985-yilda tugʻilganlar Turkum:21-asr ayol huquqshunoslari Turkum:Ozarbayjonlik inson huquqlari faollari