Anastasiia Tsybuliak (ukraincha: Anastasіya Gennadіїvna Tsibulyak; 1984-yil 23-fevralda tugʻilgan) — ukrainalik iqtisodiyotchi olima, tadbirkor, ekofaol va jamoat arbobi. U Ukrainaning sertifikatlangan organik mahsulotlar boʻyicha yetakchi importyor kompaniyasi — Glossary Organic Products va Glossary Eco Foundationnig asoschisi hisoblanadi.

Anastasiia 2020-yilda Iqtisodiyot fanlari doktori ilmiy darajasini, 2011-yilda esa Siyosiy fanlar boʻyicha PhD darajasini olgan. 2014-yildan boshlab u Ukrainian-American Concordia Universityning Xalqaro iqtisodiyot, Biznes va Boshqaruv kafedrasida dotsent sifatida faoliyat yuritgan, 2021-yildan esa shu kafedrada professor lavozimida ishlaydi.

Yoshlik yillari 2006-yilda u National Academy of Managementni tamomlab, tadbirkorlik iqtisodiyoti hamda huquqshunoslik mutaxassisliklari boʻyicha bakalavriyatning imtiyozli diplomlarga ega boʻlgan.

2008-yilda esa u Kiyev universitetini tugatib, xalqaro munosabatlar yoʻnalishi boʻyicha magistr darajasini qoʻlga kiritgan.

2014-yilda u London School of Business and Financeda mini-MBA dasturini tamomlagan.

U besh tilda erkin soʻzlasha oladi: ukrain, ingliz, fransuz, rumin va rus tillarida.

Manbalar

Turkum:Kiyevda tugʻilganlar Turkum:Iqtisodchilar Turkum:Ukrainalik ayol aktivistlar