Dalma Rebeka Gálfi (1998-yil 13-avgustda tugʻilgan) — vengriyalik professional tennischi. 2022-yil 12-sentabrda WTA reytingi yakkalik bahslari boʻyicha 79-oʻringa koʻtarilgan. 2022-yil 19-sentabrda esa juftlik yoʻnalishi boʻyicha 126-oʻrinni band qilgan. WTA Challenger Tour doirasida yakkalik bahslari boʻyicha 2 bor chempionlikka sazovor boʻlgan. Shuningdek, ITF ayollar oʻrtasida jahon tennis turnirlari seriyasida yakkalik yoʻnalishi boʻyicha 9 ta va juftlik yoʻnalishi boʻyicha 10 ta unvonni qoʻlga kiritgan.

Yoshligi Gálfi 5 yoshidan tennis oʻynay boshlagan. Otasining ikkita tennis korti boʻlgan va u qiziga tennis oʻynashni oʻrgatgan.

Yutuqlari Yoshlar Katta dubulgʻa turnirlarida yakkalik yoʻnalishi boʻyicha natijalari: Avstraliya ochiq chempionati: YF (2015) Fransiya ochiq chempionati: 2R (2015) Wimbledon: 2R (2014) AQSh ochiq chempionati: Gʻolib (2015)

Katta dubulgʻa turnirlarida juftlik yoʻnalishi boʻyicha natijalari: Avstraliya ochiq chempionati: 2R (2015) Fransiya ochiq chempionati: QF (2015) Wimbledon: Gʻolib (2015) AQSh ochiq chempionati: 2R (2014)

Manbalar

Turkum:1998-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Vespremlik sportchilar Turkum:Vengriyalik ayol tennischilar Turkum:21-asr vengriyalik ayol sportchilar