Oleg Pak (1958-yil 30-avgustda tugʻilgan) — sovet futbolchisi, hujumchi, yarim himoyachi pozitsiyalarida oʻynagan.

Biografiyasi Oleg 1976-yilda Dushanbening „Pomir“ jamoasi tarkibida debyut qilgan. Mavsum davomida SSSR birinchi ligasida bitta oʻyin oʻtkazgan. Keyincgi yillarda SSSR ikkinchi ligasi ishtirokchisi Leninobodning „Xoʻjand“ (1977—1978, 1979) va Navoiyning „Zarafshon“ (1980) jamoalarida oʻynagan. 1980-yilning yozida u Toshkentning „Paxtakor“ klubiga oʻtgan. Paxtakor klubi tarkibida 2,5 mavsum davomida oliy ligada 40 ta oʻyin oʻtkazib, ikkita gol urgan.

1983-yilgi mavsumda SSSR Birinchi liga ishtirokchisi Jizzaxning „Zvezda“ jamoasida oʻtkazgan. Keyinchalik SSSR ikkinchi va ikkinchi quyi ligalarda ishtirok etgan „Xoʻjand“ (1984—1990), Toshkent viloyatining „Sverdlovets“ (1990—1991), Angrenning „Konchi“ (1991) jamoalarida oʻynagan.

Manbalar

Havolalar Oleg Pak Footballfakts.ru saytida

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:CSKA Pomir Dushanbe futbolchilari Turkum:Xoʻjand klubi futbolchilari Turkum:Zarafshon Navoiy futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari Turkum:Sverdlovets klubi futbolchilari Turkum:Konchi Angren klubi futbolchilari Turkum:SSSR ikkinchi ligasi futbolchilari Turkum:SSSR birinchi ligasi futbolchilari