alt=Abū Isḥāq Ibrāhīm ibn Muḥammad ibn ʿAbdallāh ibn al-Mudabbir|right|thumb|Al-Mutavakkil dinori Abu Isʼhoq (yoki Abu Yusr) Ibrohim ibn Muhammad ibn Abdulloh ibn al-Mudabbir (; odatda shunchaki Ibrohim ibn al-Mudabbir nomi bilan tanilgan) — Abbosiy xalifaligining yuqori martabali saroy amaldori va moliyaviy maʼmuri.
Tarjimai hol Ibrohim va uning akasi, Abul-Hasan Ahmad ehtimol fors boʻlgan. Ikkalasi ham adab ahllari orasida eʼtiborli shaxslar boʻlib, Samarradagi Abbosiylar saroyida yuqori mavqega koʻtarilganlar.
Ibrohim xalifa al-Mutavakkil (847–861-yillarda hukmronlik qilgan) ning bazm hamrohlaridan biri sifatida mashhurlikka erishdi. Xalifaning marhamati natijasida u eng muhim saroy amaldorlaridan biriga aylandi. Uning akasi Ahmad ham oʻsha paytda eng qudratli mansabdorlardan biri edi. Vazir Ubaydulloh ibn Xoqon ikki aka-ukadan xavotir olib, 854/5-yilda ikkalasining ham mansabdan tushirilishi va qamoqqa tashlanishiga sababchi boʻldi. Akasidan farqli oʻlaroq, u qamoqda bir necha yil qoldi; qachon ozod etilgani nomaʼlum, soʻng Ahvozda soliq yigʻuvchi etib tayinlangan. U yerda ishlagan davrida Zanj qoʻzgʻolonchilari tomonidan asir olinadi. Ular uni Basraga olib borib, u yerda qamoqqa tashlagan, biroq u qamoqxona devorini buzib qochishga muvaffaq boʻldi.
882-yilda u xalifa al-Mu’tamid (870–892-yillarda hukmronlik qilgan) bilan birga Ahmad ibn Tulun huzuriga qochib oʻtish urinishida hamroh boʻldi va qisqa muddatga uning vaziri etib tayinlandi. 892/893-yilda vafot etgan paytida u xalifaning shaxsiy mulklari devon boshligʻi edi.
al-Mudabbir ehtimol maʼmuriyat haqida al-Azra fi mavazin al-balagʻa va adavat al-kitaba nomli risolaning muallifi boʻlgan. U haqidagi latifalar, shuningdek, uning bir nechta sheʼrlari, jumladan mashhur qoʻshiqchi qiz Aribga bagʻishlanganlari ham turli oʻrta asr toʻplamlarida saqlanib qolgan.
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:893-yilda vafot etganlar Turkum:Abbosiy xalifaligi amaldorlari Turkum:9-asr eroniylari Turkum:Abbosiylar xalifaligining asirlari va mahbuslari Turkum:9-asr arab tili shoirlari