Sahar Fetrat (1996-yil, Afgʻoniston) — afgʻon faoli, ayollar huquqlari himoyachisi, ssenariychi va hujjatli filmlar rejissyori.

Tarjimayi holi Sahar 1996-yilda Afgʻonistonda tugʻilgan. Bir yoshga toʻlganida oilasi bilan surgunlikda hayot kechira boshlagan va Tolibon hukmronligining birinchi davrida Eron va Pokistondagi qochqinlar lagerlarida oʻsib ulgʻaygan.

2018-yilda Afgʻoniston Amerika universitetida biznes tadqiqotlari boʻyicha tahsil olgan va 2020-yilda Budapeshtdagi Markaziy Yevropa universitetida gender tadqiqotlari yoʻnalishida magistrlik darajasini olgan. Sahar Fetrat Afgʻonistonda UNESCOning Taʼlim xizmatida ishlagan, butun mamlakat boʻylab ayollarning taʼlim olishini targʻib qilgan va Human Rights Watch xalqaro inson huquqlari tashkilotining Ayollar huquqlari boʻlimida tadqiqotchi yordamchisi boʻlib ishlagan. 2021-yilda BBCning „100 ayol“ roʻyxatiga kiritilgan.

Manbalar

Turkum:1996-yilda tugʻilganlar Turkum:BBC 100 ayol Turkum:Afgʻoniston ayollari Turkum:Afgʻoniston kinorejissyorlari