Fotima Mernissiy (; 27-sentabr 1940 — 30-noyabr 2015) marokashlik feminist yozuvchi va sotsiolog edi.
Hayoti Fotima Mernissiy 1940-yil 27-sentabrda Marokash Fos shahrida tugʻilgan. U badavlat buvisi yashagan haramda turli ayol qarindoshlari va xizmatchilar bilan birga oʻsgan. U boshlangʻich taʼlimni milliy ozodlik harakati tomonidan tashkil etilgan maktabda, oʻrta taʼlimni esa Fransuz protektorati tomonidan moliyalashtirilgan faqat qizlar uchun moʻljallangan maktabda olgan. 1957-yilda u Parijdagi Sorbonnada siyosatshunoslik boʻyicha tahsil oladi, keyinchalik AQShdagi Brandeis universitetida oʻqishni davom ettirib, 1974-yilda doktorlik darajasini qoʻlga kiritgan.
U Rabotdagi Muhammad V universitetiga qaytib kelib, 1974–1981-yillarda Adabiyot fakultetida metodologiya, oila sotsiologiyasi va psixosotsiologiya kabi fanlardan dars berdi. Shuningdek, u shu universitet tarkibidagi Ilmiy tadqiqotlar universitet institutida ilmiy xodim sifatida ishladi.
Fotima Mernissiyning Parda ortida: musulmon jamiyatida erkak va ayol dinamikasi asari uning PhD tezisi uchun yozilgan boʻlib, keyinchalik musulmon ayollarining islomiy eʼtiqod bilan bogʻliq ravishda kuchini eʼtirof etuvchi kitob sifatida nashr etilgan. Fotima Mernissiy ayniqsa Marokash va boshqa musulmon mamlakatlaridagi gender va jinsiy identifikatsiyalar haqida sotsiopolitik yondashuvlari bilan tanilgan. U taniqli maʼruzachi, olim, oʻqituvchi, yozuvchi va sotsiolog boʻlgani uchun nufuzli feminist shaxs sifatida qaraladi.
Fotima Mernissiy 2015-yil 30-noyabrda Rabotda vafot etgan.
Nashrlari va ularning taʼsiri Fotima Mernissiyning birinchi monografiyasi — Beyond the Veil 1975-yilda nashr etilgan. Qayta ishlangan nashri 1985-yilda Buyuk Britaniyada va 1987-yilda AQShda chop etilgan. Beyond the Veil antropologiya va sotsiologiya sohalarida, xususan Arab dunyosidagi, Oʻrta Yer dengizi mintaqasidagi yoki umuman olganda musulmon jamiyatlaridagi ayollar haqida klassik asarga aylangan.
Islomiy feminist sifatida Fotima Mernissiy asosan islom va unda ayollarning roli bilan shugʻullangan, islom tafakkurining rivojlanishi va uning zamonaviy namoyon boʻlish shakllarini tahlil qilgan. Muhammadga vorislik tabiati yuzasidan batafsil tadqiqot orqali u ayrim hadislarning (unga nisbat berilgan soʻzlar va rivoyatlarning) haqiqiyligiga shubha ostida qaragan va shu sababli u islomda koʻradigan, biroq albatta Qur’onda emas, deb hisoblaydigan ayollarning boʻysundirilishiga shubha bildirgan.
1984-yilda u Butunjahon opa-singillik: Xalqaro ayollar harakati antologiyasi toʻplamiga, muharriri Robin Morgan boʻlgan, „Savdogarning qizi va sultonning oʻgʻli“ nomli matnini kiritdi. Uning islomiy feminist sifatida eng mashhur kitobi Parda va erkaklar elitasi: Islomda ayollar huquqlarining feminist talqini — Muhammadning xotinlarining roliga bagʻishlangan yarim tarixiy tadqiqotdir. Kitob dastlab 1987-yilda fransuz tilida nashr etilgan va 1991-yilda ingliz tiliga tarjima qilingan. Keyinchalik bu kitob Marokash, Eron va Fors koʻrfazi arab davlatlarida taqiqlangan.
Manbalar
Adabiyotlar Francesco Alfonso and Fatima Mernissi (2006). The New Arab Mass Media: Vehicles of Democracy? Interview with Fatima Mernissi. Istituto per l’Oriente C. A. Nallino. Carine Bourget, Complicity with Orientalism in Third-World Womenʼs Writing: Fatima Mernissi’s Fictive Memoirs, Research in African Literatures Vol. 44, No. 3 (Fall 2013), pp. 30–49, Indiana University
Havolalar Fatema Mernissi’s website Obituary on Morocco World News Chronological Overview of books by Fatema Mernissi Announcement of the Asturias Prize, 2003 Interview: El País (Spanish) 6-7-2008 Interview: El Pais (Spanish) 31-10-1989 Interview: Encuentros Digitales El Mundo.es (Spanish) Articles in El Pais about Fatima Mernissi (Spanish) Rebel for the sake of women The Prophet and Freedom of the Individual Politics and the Prophet, review of Mernissi’s Islam and Democracy, by Martin Kramer