Rula Gʻani (qizlik familiyasi Saade, 1948-yil, Bayrut, Livan) — Afgʻoniston islom respublikasining ikkinchi prezidenti Ashraf Gʻanining rafiqasi.

Tarjimayi holi Rula Gʻani 1948-yilda Livanning Bayrut shahrida nasroniylardan boʻlgan maronitlar oilasida tugʻilib oʻsgan. 1969-yilda Parijdagi Siyosiy tadqiqotlar institutini tamomlagan. 1974-yilda Bayrut Amerika universitetida siyosiy tadqiqotlar yoʻnalishida magistrlik darajasini olib, oʻsha yerda boʻlajak turmush oʻrtogʻi Ashraf Gʻani bilan uchrashgan. 1975-yilda ular turmush qurishgan, er-xotinning ikki farzandi bor, bular Bruklinda rassom boʻlib ishlaydigan Mariam Gʻani va oʻgʻli Toriq. Ikkala bolasi ham Amerika Qoʻshma Shtatlarida tugʻilgan va AQSh fuqaroligiga ega. 1983-yilda Rula Gʻani Nyu-Yorkdagi Columbia universitetida jurnalistika yoʻnalishida magistrlik darajasini olgan. 2003-yilda Rula Gʻani Afgʻonistonga qaytib kelgan. 2015-yilda AQShning Time jurnali Rulani dunyoning eng nufuzli 100 kishisi roʻyxatiga kiritganAl Arabiya: Afghan first lady in shadow of 1920s queen? . Rula Gʻani Afgʻoniston, Livan va AQSh fuqaroligiga ega. Ingliz, fransuz, arab va dariy tillarida erkin soʻzlasha oladi.

2014-yilda Ashraf Gʻani prezidentlik lavozimiga kirishish marosimida rafiqasini afgʻoncha „Bibi Gul“ deb atab, omma oldida quyidagicha minnatdorchilik bildirgan: „Men rafiqam Bibi Gulga meni va Afgʻonistonni qoʻllab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirmoqchimanForeign Policy: The real first ladies of Afghanistan . U doim afgʻon ayollarini qoʻllab-quvvatlagan va bundan keyin ham buni davom ettirishiga umid qilaman“. Mamlakatning birinchi xonimi boʻlganidan keyin ayollarning huquqlarini himoya qilib kelgan. 2021-yil 15-avgustda eri, farzandlari va ikki nafar yordamchilari bilan birgalikda Tolibon Kobulni egallayotgan paytda mamlakatdan qochib ketgan, qochganlaridan bir necha soat oʻtib, Tolibon prezidentning „Arg“ saroyini egallashgan. 2021-yil 18-avgustda BAA hukumati Gʻanilar oilasi ularning mamlakatida qoʻnim topganini eʼlon qilgan.

Manbalar

Turkum:1948-yilda tugʻilganlar Turkum:Afgʻoniston birinchi xonimlari Turkum:2013-yilda tugʻilganlar Turkum:2021-yilda vafot etganlar