Movassin masjidi yoki Muvassin masjidi () — Marokashning Marokash (shahar)Marokash shahridagi Movassin mahallasida joylashgan yirik masjid. U XVI asrda Saʼdiylar sultoni Abdulloh al-Gʻolib buyrugʻi bilan qurilgan. Masjid yangi qayta qurilgan mahalla uchun jome masjidi sifatida xizmat qilishi moʻljallangan boʻlib, madrasa, hammom, kutubxona va Movassin favvorasini ham oʻz ichiga olgan yirik diniy-xayriya majmuasining markaziy qismi hisoblangan. Masjidning oʻzi ushbu davrdagi Marokash meʼmorchiligiga xos tarzda qurilgan, faqat uning minorasi nisbatan past va sodda boʻlishi bilan ajralib turadi.
Etimologiyasi „Movassin“ (yoki muvāssīn) nomining kelib chiqishi aniq emas.
Tarixchi Gaston Deverdun bu nom mahallada yashagan shariflar oilasi bilan bogʻlanadi degan xalq orasidagi qarashni qayd etadi. Shu sababli masjid baʼzan Jami' al-Ashraf („Shariflar masjidi“) deb ham ataladi. Biroq tarixchilar bunday oila mavjud boʻlganini tasdiqlovchi aniq dalil topa olmagan.
Deverdunning yana bir taxminiga koʻra, bu nom arab tilidagi „pichoq yasovchilar“ yoki „pichoqsozlar“ maʼnosini bildiruvchi soʻzdan kelib chiqqan boʻlishi mumkin. Bu hududning asosiy koʻchasida ilgari hunarmandlar faoliyat yuritganini bildiradi. Iñigo Almela ham ushbu talqinni eng ehtimolli deb hisoblaydi, ammo bu masala hanuz bahsli ekanini taʼkidlaydi.
Tarixi Masjid Saʼdiylar sultoni Moulay Abdulloh al-Gʻolib tomonidan buyurtma qilingan. Qurilish ishlari 1562–1563-yillar (hijriy 970-yil) va 1572–1573-yillar oraligʻida olib borilgan.
1557–1558-yillarda sulton shahar yahudiy aholisini qasba (qirollik qal’asi) yaqinidagi hududga koʻchirishni buyurgan. Natijada yangi yahudiy mahallasi — mellah tashkil etilgan va u hozirgi davrgacha mavjud boʻlib kelgan. Mellah qurilishi taxminan 1562–1563-yillarda yakunlangan.
Eski yahudiy mahallalarining boʻshab qolishi shaharda katta hududlarni qayta qurish imkonini yaratdi. Movassin masjidi, shuningdek qurilishi biroz avval boshlangan Bab Doukkala masjidi bilan birga, bu hududda yangi „namunaviy“ mahallalar barpo etish va Marokash shahrini yangilash rejasining bir qismi boʻlgan.
Bab Doukkala masjidi kabi, u ham masjid bilan bir qatorda madrasa, kutubxona, boshlangʻich maktab, hammom (jamoat hammomi), tahoratxona (midaʼa) va hojatxonalar, hayvonlar uchun suv icish joyi hamda aholi uchun suv tarqatiladigan jamoat favvorasini oʻz ichiga olgan yagona diniy va fuqarolik majmuasi sifatida loyihalashtirilgan.
Meʼmorchiligi va tuzilishi
Masjid oʻzaro tutashgan bir nechta inshootlardan iborat majmuaning eng yirik qismi hisoblanadi. Ushbu majmua tarkibiga midaʼa (tahoratxona), hammom (jamoat hammomi), kutubxona, bolalar uchun Qur’on oʻqish maktabi, madrasa (hozir mavjud emas) hamda ayniqsa oʻsha davrda mashhur boʻlgan jamoat favvorasi va hayvonlar uchun suv ichish qismi kiradi.
Yana qarang
Marokashda Islom Marokashdagi masjidlar roʻyxati
Manbalar
Havolalar
Turkum:Marokashdagi masjidlar Turkum:11-asr masjidlari