Oqqoʻrgʻon — Jizzax viloyati Baxmal tumanidagi qishloq aholi punkti. U Temirqadam mahalla fuqarolar yigʻini hududida joylashgan.
Etimologiyasi Toponim ikki qismdan iborat: oq va qoʻrgʻon. Qoʻrgʻon soʻzi devor bilan oʻralgan istehkom, qalʼa yoki mustahkam himoya inshooti maʼnolarini bildiradi. Oq soʻzi esa toponimlar tarkibida turli maʼnolarni ifodalashi mumkin. Masalan, devorning oq toshdan qurilganligi, inshootning yirikligi, uning joylashgan oʻrni yoki dunyo tomonlariga nisbatan joylashuvini anglatishi mumkin.
Shu bois Oqqoʻrgʻon devorlari oq toshdan qurilgan yoki kunchiqar tomonda joylashgan qoʻrgʻon maʼnosini anglatadi. Qishloq nomi ham hududda shunday qoʻrgʻon mavjud bo‘lganligi bilan bog‘liq.
Oʻzbekistonda shu nom bilan ataladigan boshqa joy nomlari ham mavjud. Masalan, Jizzax shahrida Oqqoʻrgʻonlik mahallasi bor, Toshkent viloyatida esa Oqqoʻrgʻon tumani mavjudNafasov T. Oʻzbekiston toponimlari izohli lugʻati. Toshkent, 2009..
Manbalar