Laweyan masjidi – Indoneziyaning Markaziy Yava pravinsiyasi Surakarta shahrida joylashgan tarixiy masjid. Masjid XVI asrda, Pajang sultonligi hukmdori Joko Tingkir hukmronligi davrida, Surakartaning katta masjidi qurilishidan oldin barpo etilgan.
Tarixi
Babad Tanah Javi kabi anʼanaviy rivoyatlarga koʻra, Laweyan masjidi 1546-yilda qurilgan. U Surakarta shahridagi eng qadimiy masjid hisoblanadi. Masjid qurilgan yer uchastkasi masjid qurish maqsadida hindu Ki Ageng Beluk tomonidan muhim islom arbobi va Joko Tingkirning maslahatchisi Ki Ageng Ngenisga berilgan.
Meʼmorchiligi
Surakarta, Markaziy Yavada joylashgan Laveyan masjidi islomiy va yavacha madaniy taʼsirlar uygʻunligini aks ettiruvchi oʻziga xos meʼmoriy xususiyatlarni namoyon etadi. Boshqa bir qator anʼanaviy Yava masjidlari kabi, Laveyan masjidi ham Yavadagi hindu ibodatxonalariga kuchli darajada oʻxshash boʻlib, ayniqsa tajug deb ataladigan koʻp pogʻonali, qavatma-qavat tom konstruksiyasi bilan ajralib turadi. Tomning bu oʻziga xos tuzilishi yeru osmon (ilohiy) olami oʻrtasidagi bogʻliqlikni anglatadi. Bu gʻoya islomdan avvalgi Yava ruhiy meʼmorchiligi ildizlariga borib taqaladi.
Laweyan masjidining reja-tuzilishi boshqa Yava masjidlarinikiga mos keladi. Masjid uch qismga boʻlingan: asosiy xona, oʻng ayvon (ayollar uchun) va chap ayvon (masjidning kattaroq qismi, jamoat namozlari uchun ishlatiladi). Masjidga kirish uchun uchta kirish yoʻlagi bor boʻlib, ular islom dinining uch oʻlchovini ifodalaydi: Islom, Iymon va Ihson.
Ki Ageng Ngenis Laveyan masjidi ortiga dafn etilgan, shuningdek, baʼzi surakartalik zodagonlar ham shu yerda dafn qilingan.
Yana qarang
Indoneziyada Islom Indoneziyadagi masjidlar roʻyxati
Manbalar
Havolalar
Turkum:Indoneziyadagi masjidlar