Tyrell Johannes Chicco Malacia (1999-yil 17-avgustda tug‘ilgan) — niderlandiyalik professional futbolchi. U asosan chap qanot himoyachisi sifatida Manchester United klubi safida o‘ynaydi.

Malacia to‘qqiz yoshida Feyenoord klubining yoshlar akademiyasiga qabul qilingan. U 2017-yil dekabr oyida klub safida professional debyut qilgan. 2018-yilda jamoa bilan birgalikda KNVB Cup musobaqasida g‘olib chiqqan. 2021–2022-yilgi mavsumda UEFA Konferensiyalar ligasi musobaqasida finalga qadar yetib borib, kumush medalni qo‘lga kiritgan hamda turnirning “Mavsum jamoasi” ro‘yxatiga kiritilgan. 2022-yilda esa u Angliyaning Manchester United klubiga transfer qilingan.

Malacia Niderlandiya yoshlar terma jamoalarining U16 va U21 toifalarida to‘p surgan. U milliy terma jamoa safidagi ilk uchrashuvini 2021-yil sentabr oyida Chernogoriya milliy terma jamoasiga qarshi o‘yinda o‘tkazgan. Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Niderlandiyalik erkak futbolchilar Turkum:Manchester United F.C. oʻyinchilari