Burnaz Atike Sulton (; 1614-yil, Konstantinopol – 1674-yil, Konstantinopol) – Usmoniylar malikasi, sulton Ahmad I ning qizi, sulton Usmon II, Murod IV ota bir singlisi, Ibrohim I ning ota bir opasi.

Tugʻilishi Burnaz Atike Sulton taxminan 1614-yillarda Konstantinopoldagi Topkapı saroyida tugʻilgan. Uning otasi Usmoniylar sultoni Ahmad I boʻlgan. Onasining shaxsi aniq emas.

Hayoti Otasi 1617-yilda vafot etgach, u opa-singillari, onasi hamda marhum sultonning boshaqa farzandlarining onalari bilan birga Eski saroyda yashagan. Agar Atike Sulton joriyadan tugʻilgan boʻlsa, birinchi nikohiga qadar shu yerda qolgan boʻlishi, agar u Kösem Sultonning qizi boʻlgan boʻlsa, akasi Murod IV 1623-yilda taxtga chiqquniga qadar shu yerda yashagan boʻlishi mumkin.

1633-yilda u Musohib Jaʼfar poshoga (vaf: 1647) turmushga chiqqan. Eri vafot etgach, 1648-yilda Koca Kenan poshoga turmushga berilgan. 1639-yilga kelib, akasi sulton Murod IV hukmronligi davrida uning kundalik nafaqasi 330 asper boʻlgan. Koca Kenan posho 1652-yilda vafot etgach, Atike Sulton oʻsha yili Doğancı Yusuf poshoga turmushga chiqqan. Yusuf posho 1670-yilda vafot etgan.

1683-yilda Atike Sulton Salacak bilan Doğancılar orasida bir chashma qurdirgan.

Uning bu nikohlaridan farzand koʻrgan-koʻrmagani nomaʼlum. Biroq u boʻlajak Valaxiya hukmdori Mihnea III ning „maʼnaviy onasi“ hisoblangan. Mihnea Konstantinopolda Usmoniy saroyi siyosiy nazorati ostida tarbiyalanganida Atike unga gʻamxoʻrlik qilgan.

Ibrohim I ning birinchi rafiqasi, Haseki Sulton, Mehmed IV ning onasi Turhon Sulton Atike tomonidan Volida Sulton Kösemga sovgʻa qilingan boʻlib, Turhonning oʻzi ham Atike tomonidan tarbiyalangan. Atike Turhon va Mehmed IV ning tarbiyachisi deb atalgan va ularga gʻamxoʻrlik qilgan.

Vafoti Atike Sulton taxminan 1674-yilda vafot etgan. U Konstantinopoldagi Ayasofya masjidida akasi Sulton Ibrohim I ning maqbarasiga dafn etilgan.

Ommaviy madaniyatda Turk teleseriali „Muhtasham Yuz yil: Koʻsem“ teleserialida Atike Sulton obrazini turk aktrisasi Ece Çeşmioğlu gavdalantirgan. Bu yerda u Ahmad I va Kösem Sultonning kenja qizi, Ibrohim I ning egizagi sifatida tasvirlangan.

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:1610-yillarda tug‘ilganlar Turkum:1674-yilda vafot etganlar Turkum:Ahmad I ning qizlari Turkum:17-asr Usmoniylar imperiyasi malikalari