Mir Ahmadyorxon Ahmedzay (1902—1979) yoki Ahmadyorxon Britaniya Hindistoni va Pokiston dominioni bilan subsidiar ittifoq asosida bogʻlangan Kalat xonligining xoni. Ahmadyorxon xonlikning soʻnggi xoni boʻlib, 1933-yil 10-sentabrdan 1955-yil 14-oktyabrgacha hukmronlik qilgan.
Hayoti 1920-yillarda Ahmadyor Britaniya razvedka xizmati agenti sifatida faoliyat yuritib, Rossiya taʼsiri va kambagʻal baluj aholisi orasida pro-marksistik kayfiyatning tarqalishi haqida maʼlumot bergan.
1933-yilda Kalat xonligi taxtiga oʻtirdi va 1936-yilgiYangi yil tantanalari roʻyxatida Britaniya tomonidan Eng nufuzli Hindiston imperiyasi ordenining (GCIE) Buyuk ritsar qoʻmondoni unvoni bilan taqdirlandi.
1947-yil avgustida Hindiston yarimorolidan britanlar chiqib ketishi bilan „Hindiston mustaqilligi toʻgʻrisidagi qonun“ga koʻra, Britaniya Hindistoni bilan yonma-yon, biroq undan tashqarida boʻlgan knyazlik davlatlari Britaniya bilan tuzilgan barcha subsidiar ittifoqlar va boshqa shartnoma majburiyatlaridan ozod etildi. Shu bilan birga Britaniya ham ularni himoya qilish majburiyatidan voz kechdi. Hukmdorlarga yangi mustaqil davlatlar Hindiston yoki Pokiston dominioniga qoʻshilish yoki har ikkisidan tashqarida mustaqil qolish masalasini hal qilish ixtiyori berildiIshtiaq Ahmed, State, Nation and Ethnicity in Contemporary South Asia (London & New York, 1998), p. 99. Sardor Patel 1948-yil yanvar oyidagi matbuot anjumanida taʼkidlaganidek: „Barchangizga maʼlumki, qaramlik tugashi bilan har bir hind davlati alohida mustaqil birlikka aylandi“R. P. Bhargava, The Chamber of Princes (Northern Book Centre, 1991) [ p. 313].
Muhammad Ali Jinnoh 1940-yillar boshida Yorxonning yuridik maslahatchisi boʻlgan. Jinnoh Yorxonni Pokistonga qoʻshilishga koʻndirdi. Biroq xon masalani choʻzdi. Muzokaralar davom etganidan soʻng xon nihoyat 1948-yil 27-martda Pokistonga qoʻshildi.
Yorxonning ukasi Shahzoda ogʻa Abdulkarim Baloch akasining qaroriga qarshi qoʻzgʻolon koʻtardi va Pokistonga qarshi qurolli kurash olib borish maqsadida Afgʻonistondan boshpana oldi. Biroq Balujistonning qolgan qismi isyonni keng qoʻllab-quvvatlamadi. Abdulkarim 1950-yilda nihoyat Pokistonga taslim boʻldi.
1952-yil 3-oktyabrda Pokistondagi knyazlik davlatlaridan biri boʻlgan Kalat uch qoʻshni davlat Xaran, Las Bela va Makran bilan birgalikda Balujiston davlatlar ittifoqiga kirdi. Yorxon esa „Xoni Azam“ unvoni bilan Ittifoq boshligʻi boʻldi. 1955-yil 14-oktyabrda Balujiston davlatlari ittifoqi tugatilib, Kalat Gʻarbiy Pokistonning Yagona ittifoqi tarkibiga qoʻshilgach, xonlik tugatildi va Yorxon hukmronligi yakunlandiFarhan Hanif Siddiqi, The Politics of Ethnicity in Pakistan: The Baloch, Sindhi and Mohajir Ethnic Movements (Routledge, 2012), pp. 58–62.
Yorxon 1958-yil iyundan oktyabrgacha Pokiston davlatiga qarshi chiqib, oʻzini yana xon deb eʼlon qildi. 1958-yil 6-oktyabrda Pokistondagi harbiy toʻntarish davomida prezident Iskandar Mirza agʻdarilishi fonida Pokiston hukumati Yorxonni davlatga xiyonat aybi bilan hibsga olib qamadi, biroq keyinroq ozod qildi va 1962-yilda qisqa muddatga unvonini tikladi. Uning hibsga olinishi 1959-yilda Navroʻzxon boshchiligidagi qoʻzgʻolonga turtki boʻldi.
Merosi
Yorxonning toʻngʻich oʻgʻli Mir Sulaymon Dovudjon 1979-yilda otasi vafotidan soʻng Kalat xoni unvonini qabul qildi. Dovudjon vafot etgach, uning oʻgʻli Sulaymon Dovudjon yangi Kalat xoni boʻldi. Ushbu xon 2006-yilda Akbar Bugtining oʻlimidan buyon Londonda surgunda yashab kelmoqda. Bosh vazir Abdulmalik Baloch va Sanaulla Zehri uni Pokistonga qaytishga chaqirgan. Yorxonning kenja oʻgʻillari shahzoda Mohyuddin Baloch hamda nabirasi shahzoda Umar Dovudxon Pokistonda siyosat bilan shugʻullanadi.
Manbalar
Havolalar
Turkum:1902-yilda tugʻilganlar Turkum:1979-yilda vafot etganlar Turkum:Hind ritsarlari Turkum:Pokiston ritsarlari Turkum:Kalat xonlari Turkum:Pokiston qirollik sulolasi aʼzolari Turkum:Balujlar