Sadirvan masjidi (, Favvora masjidi maʼnosini anhglatadi) – Gretsiyaning shimolidagi Sharqiy Makedoniya va Frakiya mintaqasida, Drama shahridagi faoliyatini toʻxtatgan masjid. XV asrda Usmonlilar davrida qurilgan masjid 1920-yillarda, 1923-yildagi Gretsiya va Turkiya oʻrtasidagi aholi almashinuvi natijasida Dramaning musulmon jamoasi koʻchib ketganidan soʻng tashlab qoʻyilgan. Keyinchalik bino diniy boʻlmagan maqsadlarda ishlatilgan, soʻng esa oʻnlab yillar davomida qarovsiz qolgan. 2010-yillarning oxirlarida inshoot restavratsiya va taʼmirdan chiqarilib, tarixiy hamda madaniy tadbirlar uchun shahar koʻrgazma markazi sifatida qayta moslashtirildi. U Drama shahrida saqlanib qolgan, ammo endi ibodat uchun ishlatilmaydigan toʻrtta masjiddan biridir.
Tarixi Masjidning minorasi XV asrning ikkinchi yarmiga taalluqli. Kirish qismi ustidagi bagʻishlov yozuviga koʻra, u 1806-yilda mahalliy Mehmet Halil ogʻa tomonidan taʼmirlangan (u Mahmud Dramalī poshoning otasi edi, Mahmud Dramalī posho 1820-yillarning boshida Gretsiya mustaqillik urushini bostirishga uringan usmonli harbiy yetakchisi). U 1922-yilgacha islomiy ibodat joyi sifatida faoliyat yuritgan, shundan soʻng Kichik Osiyodan kelgan koʻplab yunon qochqinlari uchun boshpana sifatida ishlatilgan.
1927—1981-yillar oraligʻidagi ellik toʻrt yil davomida u Sharqiy Makedoniya va Frakiyadagi eng uzoq vaqt davomida nashr etilgan yunon gazetasi Tharrosning bosh qarorgohiga mezbonlik qilgan. Keyinchalik, 1983-yilda bino davlat tomonidan yodgorlik sifatida tasniflangan, biroq u minora qulab tushguniga qadar chirib borishda davom etib, qarovsiz qoldirilgan. 2012-yilda uni Raycap sotib olib, eski binoni taʼmirlash ishlarini boshlagan. Keng koʻlamli ishlar Koraliya Pappaioannu boshchiligidagi meʼmoriy jamoa tomonidan amalga oshirilgan va keyinchalik bino davriy koʻrgazmalar, ayniqsa islom sanʼatiga yoʻnaltirilgan koʻrgazmalar uchun ekspozitsiya maydoniga aylantirilgan.
Oʻz faoliyatini yakunlagan masjid Armen va Agamemnon koʻchalari kesishmasida joylashgan.
Meʼmorchilik Sobiq masjid toshdan qurilgan boʻlib, toʻgʻri toʻrtburchak parallelepiped shakliga ega. Janubi-gʻarbiy tomonda minora poydevorini koʻrish mumkin, biroq minora endi tik turgan holatda emas. Marmar lavhaga usmonli turkchasida bitilgan yozuv eshik linteli ustiga joylashtirilgan. Dastlab u yopiq hovli ichida joylashgan, yotoqxonalar, qabriston va favvorani oʻz ichiga olgan kattaroq majmuaning bir qismi boʻlgan.
Eʼtiborlisi, masjid ayvonida shahar manzaralari va gul naqshlari tasvirlangan XIX asr freskalari saqlanib qolgan. Ehtimol, ular Usmonlilar hukmronligining soʻnggi davridagi Drama shahrining ilk (garchi ideallashtirilgan boʻlsa-da) tasvirini tashkil etadi.
Pappaioannuga koʻra, taʼmirlash ishlari jarayonida masjidning konstruktiv unsurlari sifatida qoʻllangan eski inshootlarga oid bir nechta meʼmoriy boʻlaklar, shuningdek, atrof hududda sochilib yotgan masjidning boshqa qismlari ham aniqlangan.
Yana qarang
Gretsiyada islom Usmonlilar davrida Gretsiya
Manbalar
Adabiyotlar
Havolalar
Turkum:Gretsiyadagi XV asr masjidlari Turkum:Gretsiyadagi sanʼat muzeylari va galereyalari Turkum:Gretsiyaning Drama shahridagi binolar va inshootlar Turkum:Usmonli imperiyasi davrida Makedoniya Turkum:Gretsiyadagi minorali masjid binolari Turkum:Gretsiyadagi usmonli masjidlari