Imom Ali ash-Sharqiy masjidi () masjid va maqbaradan iborat boʻlib, Iroqning Mayson muhofazasi Ali ash-Sharqiy shahri Dajla daryosining sharqiy sohilida joylashgan. Ushbu masjid shu yerdagi maqbaraga dafn etilgan, mahalliy ravishda Ali ash-Sharqiy nomi bilan tanilgan XI asrda yashagan avliyo Sayyid Ali ash-Sharjiy sharafiga nomlangan. 1959-yilda 1885-yilgi maqbara oʻrnida masjid qurilgan.

Tarixi Sayyid Ali ash-Sharjiy Sayyid Ali ash-Sharjiy toʻrtinchi Roshidun xalifasi Ali ibn Abu Tolibning oʻgʻli Hasan ibn Ali avlodidan boʻlgan. U mashhur sunniy olim va soʻfiy orif Abduqodir al-Jiloniyning amakivachchasi boʻlgan. U yashagan davr aniq emas, biroq Abdukarim an-Nadviyning yozishicha Sayyid Ali ash-Sharjiy Abbosiylar xalifasi al-Qodirning zamondoshi boʻlgan va XI asrda yashagan. Nasabshunos va olim Ibn Inabaning maʼlumotiga koʻra, Sayyid Ali ash-Sharjiy Hijozdan boʻlib, X asr oxirlarida u yerdan Iroqqa koʻchib kelgan. U mahalliy ravishda Ali ash-Sharqiy nomi bilan tanilgan, ash-Sharqiy taxallusi Dajla daryosining sharqida uning qabri joylashgani bilan izohlanadi.

Masjid qurilishi Ali ash-Sharjiyning maqbarasi katta oʻrmon bilan oʻralgan, xarob holatdagi gumbazli inshoot boʻlgan. Keyinchalik 1885-yilda shaharlashtirish maqsadida oʻrmon tozalangan va eskirgan inshoot oʻrniga kattaroq ziyoratgoh majmuasini barpo etish rejalari tuzilgan. 1950-yilda ziyoratchilar panoh topishi uchun ziyoratgoh atrofida hovli qurilgan. Oxir-oqibat, maqbara buzib tashlangan va 1959-yilda Sayyid Ali ash-Sharjiy qabri ustida yangi, katta masjid bunyod etilgan.

Yana qarang

Iroqda islom Iroqdagi masjidlar roʻyxati

Manbalar

Havolalar

Turkum:20-asr Iroqdagi masjidlar Turkum:19-asr Iroqdagi diniy binolari va inshootlar Turkum:Iroqdagi maqbaralar Turkum:Mayson muhafazasi Turkum:Iroqdagi gumbazli masjidlar Turkum:Iroqdagi minorali masjidlar Turkum:Iroqdagi masjidlar