Abu Solih Mansur (915-yilda vafot etgan) – Somoniylar sulolasiga mansub shahzoda, amakisi Ismoil ibn Ahmad, amakivachchasi Ahmad Somoniy hamda Nasr II hukmronligi davrida hokim (voliy) lavozimida ishlagan.

Biografiyasi Abu Solih Ismoil ibn Ahmad va Ahmad Somoniy hukmronligi davrida bir necha viloyatlarni boshqargan. Hokim lavozimida ishlayotgan Abu Solih haqida ilk bor 902-yilda eslab oʻtilgan. Ismoil ibn Ahmad Rayni, hatto Qazvingacha boʻlgan hududlarni egallagach, Abu Solihni Ray hokimi etib tayinlagan edi. Raydagi boshqaruvi davrida mashhur fors olimi Muhammad ibn Zakariya ar-Roziy bilan doʻstlashgan. 910 yoki 911-yilda Ahmad Somoniy Abu Solihni Seyiston hokimi etib tayinladi. Biroq Abu Solihning ogʻir soliq siyosati 912-yilda Seyistonda qoʻzgʻolonga sabab boʻldi. Bu isyonni xorijiy Muhammad ibn Hurmuz boshqardi. Muhammad ibn Hurmuz Safforiylardan Amr ibn Yaʼqubni qoʻllab-quvvatlagan edi. Abu Solih isyonchilar tomonidan asir olindi va 913-yilda Husayn ibn Ali Marvarrudhiy boshchiligidagi Somoniylar qoʻshini qoʻzgʻolonni bostirgunga qadar asirlikda qoldiABŪ ṢĀLEḤ MANṢŪR, C. E. Bosworth, Encyclopaedia Iranica. Amr Samarqandga yuborildi, qolgan isyon rahbarlari esa qatl etildi. Shundan soʻng Simjur ad-Davatiy Mansurning oʻrniga Seyiston hokimi etib tayinlandi.

914-yilda Mansur Xuroson hokimi etib tayinlandi. Biroq Ahmad ibn Ismoilning vafoti va 8 yoshli Nasrning taxtga chiqishi mamlakatda beqarorlikni kuchaytirdi. Mansurning otasi Isʼhoq ibn Ahmad Samarqandda isyon koʻtardi, Mansur esa oʻzini amir deb eʼlon qilib, Nishopur va yana bir necha shaharni egalladi. Biroq Mansur 915-yil atrofida Nishopurda tabiiy oʻlim bilan vafot etdi. Unga qarshi yuborilgan Hammuya ibn Ali boshchiligidagi qoʻshin shaharga yetib kelganida allaqachon hayotdan koʻz yumgan ediThe Samanids, R. N. Frye, The Cambridge History of Iran, 141..

Manbalar

Adabiyotlar Bosworth, C. E. „Abu Saleh Mansur.“ Encyclopedia Iranica. 30 December 2013. <http://www.iranicaonline.org/articles/abu-saleh-mansur-b>

Turkum:915-yilda vafot etganlar Turkum:Tugʻilgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar Turkum:Somoniylar Turkum:10-asr eronliklari Turkum:Somoniylar imperiyasi sarkardalari Turkum:Xurosonning Somoniy hokimlari Turkum:Somoniylar imperiyasiga qarshi isyonlar Turkum:Seyiston hokimlari Turkum:Ray hokimlari