Nasibiy Tohir Babai (1835-yilda vafot etgan), tugʻilgan vaqtidagi ismi Tohir SkënderasiWorld Bektashi Headquarters – Teqeja e Frashërit – Vatër e zjarrtë (in Albanian) , alban Bektoshiy valiyi va bejtexhi edi.

Hayoti Tohir Babaiy Nasibiy (baxtli kishi) taxallusini olish bilan bogʻliq rivoyat mavjud. Unda aytilishicha, u kirishi uchun Kichik Osiyodagi Hoji Bektosh Valiy xonaqohining eshigi oʻz-oʻzidan moʻjizaviy tarzda ochilib, unga yoʻl bergan. U keksalik chogʻida, hozirgi Albaniya hududidagi, oʻsha paytda Usmonli imperiyasiga qarashli Përmetning kazzasi boʻlgan Frashërga joylashdi va u yerda Frashër xonaqohini tashkil etadi, bu Bektoshiy xonaqohi nafaqat diniy nuqtayi nazardan muhim boʻlgan asosiy soʻfiy markaz sifatida, balki alban milliy uygʻonishi jarayonida ham muhim rol oʻynagan.

Xonaqoh 1815-yilda qurilgan va u yerda u 1835-yilda, vafotigacha xizmat qilgan. U Frashërdagi va Leskovikdagi xonaqohlarni madaniyat va adabiyot markazlariga aylantirdi. U Bektoshiy muhitida tarbiya koʻrgan ikki alban yozuvchisi – Shamsiddin Somiy va uning ukasi Naim Frasheriyni ilhomlantirgan, ular alban milliy ongining shakllanishiga hissa qoʻshganlar. Tohir Babaiy Ali Pasha Tepelenaning uchta ruhiy maslahatchilaridan biri sifatida tilga olinadi.

U qurdirgan xonaqoh yaqinidagi türbega dafn etilgan va uning qabri ziyorat maskani hisoblanadi.

Asarlari Nasibiy Tohir Eronda tahsil olgan, yoshlik chogʻida Yaqin Sharq boʻylab sayohat qilib, Iroq va boshqa arab mamlakatlarida boʻlgan va u yerda Sharq adabiyoti bilan tanishgan. Biroq, uning yaratgan asarlari yoʻqolib ketgan. Shamsiddin Somiyning usmonli ensiklopediyasi Kamûs-ül Â'lâmga koʻra, u koʻp sheʼrlarni alban, turk va fors tillarida bitgan.

Yana qarang Dalip Frasheriy

Manbalar

Turkum:18-asr alban kishilari Turkum:19-asr alban kishilari Turkum:Alban so‘fiylari Turkum:1835-yilda vafot etganlar Turkum:Alban diniy rahbarlari Turkum:Alban so‘fiy avliyolari Turkum:Bektoshiy tariqati Turkum:18-asr alban shoirlari Turkum:19-asr alban shoirlari