Darina Viktorivna Chalik (; 2001-yil 19-avgustda tugʻilgan) – ukrainalik biatlonchi.

Yoshligi Darina Chalik 2001-yil 19-avgustda Chernigov viloyatining Naumivka qishlogʻida tugʻilgan. Chernigov viloyat Oliy sport mahorati maktabini tamomlagan va mashgʻulotlarini Janna va Mikola Zotslar olib boradi. Hozirda T. G. Shevchenko nomidagi milliy universitetning Chernigov kollejida tahsil olmoqda.

Faoliyati 2020-yil dekabr 19 yoshida, Bukovel shahrida oʻtkazilgan Ukraina kattalar oʻrtasidagi biatlon chempionatida ayollar jamoaviy estafeta bahsida gʻolib boʻlgan. 2021-yil fevralda Yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida qatnashib, 12,5 km individual bahsda 66-oʻrinni egallagan.

2022-yil dekabrda, 2022/23-yilgi biatlon mavsumida, Chalik Obertilliachdagi IBU Yoshlar kubogida sprintda 13-oʻrin, individual poygada 17-oʻrin va aralash estafetada 4-oʻrinni egallagan. 2023-yil fevralda Haanja shahrida oʻtkazilgan IBU Yoshlar kubogida Olena Grodna, Oleksandra Merkushshna va Yuliya Gorodna bilan birga estafeta bahsida 3-oʻrinni qoʻlga kiritgan. IBU Yoshlar kubogidagi navbatdagi shohsupa esa 2023-yilgi yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida Stepan Kinash, Vitaliy Mandzin va Oleksandra Merkushina bilan birga bronza medal bilan yakunlangan.

2024-yil dekabrda Obertilliachdagi IBU Biatlon Jahon kubogi bosqichida 7,5 km sprint bahsida 9-oʻrinni egallagan. 2025-yil yanvarda esa Turin shahrida oʻtkazilgan Qishki Universiada musobaqalarida Ukraina sharafini himoya qilib, mass startda oltin medal, individual poygada va taʼqib poygasida esa ikkita bronza medal qoʻlga kiritgan.

Manbalar

Turkum:2026-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida qatnashuvchi biatlonchilar