Dürriaden Kadın ( – „yaltiraydigan osmon“; asl ismi – Hadicha xonim Voçibe; 1860-yil 16-mayda tugʻilgan – 1909-yil 17-oktyabrda vafot etgan) – Usmoniylar imperiyasi sultoni Mehmed V ning 2-xotini.

Hayoti Dürriaden Kadın 1860-yil 16-mayda Shimoliy Kavkazning Sochi yoki Kars shahrida Voçibe knyazlar oilasida tugʻilgan. Otasi Voçibe Mustafo bey boʻlgan, oʻzining asl ismi – Hadicha xonim. U Inşirah xonimning ammasi boʻlgan. Inşirah Dürriadenning akasi Aziz beyning qizi va sulton Mehmed VI ning xotini edi.

Dürriaden 3 yoshida Usmoniylar saroyiga yuborilgan va oʻsha yerda tarbiyalangan. 1876-yil 10-oktyabrda Ortaköy saroyida joylashgan valiahd saroyida shahzoda Mehmed Rashodga turmushga chiqqan. Mehmed oʻsha vaqtda 32 yoshda, Dürriaden esa 16 yoshda edi. Dürriaden shahzodaning 2-xotini boʻlgan. Nikohdan 2 yil oʻtib, 1878-yil 23-iyunda yagona oʻgʻli Shahzoda Mahmud Najmiddinni dunyoga keltirgan. Bolada kifoz boʻlib, sogʻligʻi yomon edi.

1909-yil 27-aprelda Mehmed taxtga chiqqanidan soʻng, Dürriadenga „Ikkinchi Kadın“ unvoni berilgan.

Oʻlimi Oʻgʻlining sogʻligʻidan tashvishga tushgan Dürriaden sil kasalligiga chalingan va yakka oʻzi izolyatsiyaga yuborilgan. Dürriaden Kadın 1909-yil 17-oktyabrda 49 yoshida Vadildebağı saroyida vafot etgan va Istanbulning Fotih tumanida joylashgan Fotih masjidi Gülistu Kadın maqbarasiga dafn etilgan. Oʻlimidan soʻng oʻgʻli Kuruçeşmeda uning nomiga chashma qurdirgan. Shahzoda onasining oʻlimidan 4 yil oʻtib, 1913-yilda vafot etgan.

Farzandlari Ismi Tugʻilgan sana Vafot sanasi Izohlar Shahzoda Mahmud Najmiddin 1878-yil 23-iyun; 1913-yil 27-iyun uylanmagan, farzandsiz

Yana qarang Usmoniylar sultonlarining xotinlari roʻyxati Kadın (unvon) Usmoniylar imperiyasi harami

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:1860-yilda tugʻilganlar Turkum:1909-yilda vafot etganlar Turkum:19-asr Usmoniylar imperiyasi sultonlarining rafiqalari Turkum:20-asr Usmoniylar imperiyasi sultonlarining rafiqalari