Choi Soo-bin (Koreyscha: 최수빈; 2000-yil 5-dekabrda tugʻilgan), qisqacha Soobin nomi bilan tanilgan, Janubiy Koreyalik qoʻshiqchi va qoʻshiq muallifidir. U 2019-yilda Big Hit Entertainment tomonidan tashkil etilgan Janubiy Koreyalik yigitlar guruhi Tomorrow X Togetherning yetakchisidir.

Hayoti va karyerasi Bolalik yillari va taʼlim olishi Choi Soo-bin 2000-yil 5-dekabrda Janubiy Koreyaning Ansan shahri, Sangnok tumanida tugʻilgan. U uch farzandning eng kichigi boʻlib, undan katta akasi va opasi bor.

Soobin qisqa vaqt Ansan yuqori maktabida tahsil olgan, biroq idol-trainee sifatidagi mashgʻulotlariga eʼtibor qaratish uchun oʻqishni tark etgan. High School Graduation Equivalency Examination(GED)dan muvaffaqiyatli oʻtgach, 2019-yilda Global Cyber Universitetiga oʻqishga kirgan.

2019-yildan hozirgacha Soobin Tomorrow X Together guruhida ommaga taqdim etilgan ikkinchi aʼzo boʻlib, u Big Hit Entertainmentda uch yil davomida tayyorgarlikdan oʻtgan. U guruh bilan birga 2019-yil 4-martda „The Dream Chapter:Star“ nomli mini-albom orqali debyut qilgan. Ushbu albom Gaon Album Chart va Billboard World Albums Chart reytinglarida birinchi oʻrinni egallagan hamda US Billboard 200 chartiga 140-oʻrin bilan kirgan.

Boshlovchi sifatidagi faoliyati 2020-yil 20-iyulda Soobin Music Bank dasturining yangi boshlovchisi sifatida, Oh My Girl guruhining aʼzosi Arin bilan birga ish boshlashi eʼlon qilindi. Ularning ekrandagi uygʻunligi eʼtirof etilib, 2020-yilgi KBS Entertainment Awards marosimida „Best Couple Award“ mukofotiga sazovor boʻlishdi. Shuningdek, Soobin 2020-yilgi KBS Song Festivalda Arin bilan birga sahna orti boshlovchisi sifatida faoliyat yuritdi. U 2021-yilgda ham xuddi shu rolga qaytib, Arin, Jang Won-young va Enhypen guruhidan Sunghoon bilan birga KBS Song Festivalni olib bordi.

2024-yil noyabr oyida Soobin Pixid YouTube kanalida efirga uzatiladigan, K-pop idollari va boshqa mehmonlar oʻz sevimli narsalarini taqdim etadigan „My Faves' Fave“ nomli veb-variety shouni olib bora boshladi. Shou 2025-yil aprel oyida ikkinchi mavsumga yangilandi. 2025-yil 5-iyunda Soobin Kang Seung-yoon va I-dle guruhidan Miyeon bilan birga 34th Seoul Music Awards marosimini olib borishi eʼlon qilindi. 2025-yilga kelib u „Noona Is a Woman to Me“ nomli kuzatuvga asoslangan tanishuv realiti-shousida qoʻshimcha-boshlovchi sifatida tanlab olindi; ushbu shou KBS2 kanalida 27-oktabr kuni premyera qilindi.

Manbalar

2000-yil tugʻulganlar | TXT aʼzolari | Osiyoliklar | HYBE artistlari