Ozarbayjon 2010-yil 12-28-fevral kunlari Kanadanning Britaniya Kolumbiyasi, Vankuver shahrida boʻlib oʻtgan 2010-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etish uchun delegatsiya yubordi. Bu Ozarbayjonning toʻrtinchi qishki Olimpiya oʻyinlari boʻlib, 1998-yildan beri Naganoda boʻlib oʻtgan har bir qishki oʻyinda ishtirok etgan. Ozarbayjon delegatsiyasi ikki togʻ changʻichisi Gaia Bassani Antivari va Jedrij Notzdan iborat edi. Mamlakatning eng yaxshi natijasi ayollar oʻrtasidagi gigant slalomda 57-oʻrinni egallagan Antivari tomonidan qayd etildi.

Tarixi

Ozarbayjon Milliy olimpiya qo‘mitasi 1992-yilda Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin tashkil etilgan va 1993-yil 1-yanvarda Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi tomonidan tan olingan. Ozarbayjon 1996-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlaridan beri har bir Olimpiadaga oʻz delegatsiyalarini yuborgan. Delagatsiya tarkibi Qishki Olimpiada oʻyinlarida ilk bor 1998-yilda Naganoda boʻlib oʻtgan musobaqada qatnashgan. Mamlakat Yozgi Olimpiada oʻyinlarida koʻplab medallarni qoʻlga kiritgan boʻlsa-da, Vankuver Olimpiadasi yakuniga koʻra, ular hech qachon Qishki Olimpiya oʻyinlarida medal olmagan. Vankuverga yuborilgan Ozarbayjon delegatsiyasi tarkibi ikki togʻ changʻichisi – Gaia Bassani Antivari va Jedrij Notzdan iborat edi. Ochilish marosimida bayroqdorlik vazifasini rasmiy shaxs Fuad Guliyev bajargan boʻlsa, yopilish marosimida esa delegatsiya rahbari Konul Nurullayeva bayroqni olib chiqqan.

Natijalar

30x30px Togʻ changʻisi

Gaia Bassani Antivari Vankuver Olimpiadasi paytida 31 yoshda edi va oʻzining yagona Olimpiadasida ishtirok etgan. Jedrij Notz 35 yoshda edi va shuningdek, u ham Olimpiya oʻyinlaridagi ilk va yagona ishtirok edi. 23-fevral kuni Notz erkaklar oʻrtasidagi gigant slalom musobaqasida ishtirok etgan va 1 daqiqa 30 soniya va 1 daqiqa 35 soniya yugurish vaqtini qayd etgan. Uning umumiy 3 daqiqa 6 soniya natijasi uni musobaqada 81 ishtirokchi orasidan 72-oʻringa olib chiqgan va musobaqaning ikkala bosqichini ham yakunlagan. Ertasi kuni, 24-fevralda Antivari ayollar oʻrtasidagi gigant slalom musobaqasida ishtirok etgan. Ob-havo sharoiti qiyinligi sababli, musobaqaning ikkinchi bosqichi 25-fevralda boʻlib oʻtkazilgan. Chorshanba kuni u birinchi bosqichini 1 daqiqa 30 soniyada yakunlagan va keyingi kunidagi vaqtini 1 daqiqa 26 soniyaga yetkazgan. Uning umumiy 2 daqiqa 56 soniya natijasi bilan musobaqada 57-oʻringa chiqgan. 26-fevral kuni u ayollar slalomida qatnashdi, ammo birinchi bosqichni yakunlay olmagan. Shanba kuni Vankuverdagi soʻnggi poygada Notz erkaklar slalomidagi vatandoshi bilan bir xil taqdirga duch kelgan va u ham marraga yeta olmagan.

SportchiTadbir1-bosqich2-bosqichUmumiyOʻrinJedrij NotzErkaklar gigant slalomi1:30.781:35.203:05.9872Erkaklar slalomiDNFGaia Bassani AntivariAyollar gigant slalomi1:30.821:26.052:56.8757Ayollar slalomiDNF

Yana qarang Ozarbayjon 2010-yilgi Yozgi Yoshlar Olimpiada oʻyinlarida

Manbalar

Turkum:2010-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida mamlakatlar Turkum:2010-yilda Ozarbayjon Turkum:Ozarbayjon Olimpiada oʻyinlarida Turkum:2010-yilda Ozarbayjonda sport