Renessans milliy mukofoti
Renessans milliy mukofoti — O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalari, jurnalistlar va media loyihalar faoliyatini rag‘batlantirishga qaratilgan milliy mukofot. Mukofot O‘zbekiston Milliy media birlashmasi tomonidan ta’sis etilgan.
Mukofot O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-iyundagi qarori ijrosini ta’minlash doirasida tashkil etilgan.
Tarixi
“Renessans” milliy mukofoti ilk bor 2023-yil 14-dekabr kuni Toshkent shahrida o‘tkazilgan.
2025-yilda ushbu taqdirlash marosimi 10-dekabr kuni "Renessans" kinochilar uyida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.
Maqsadi
Mukofotning asosiy maqsadlari:
milliy media kontent sifatini oshirish jamiyat uchun muhim axborotlarni targ‘ib qilish jurnalistlar va OAV xodimlarini rag‘batlantirish media sohasida innovatsion yondashuvlarni qo‘llab-quvvatlash
Tanlov jarayoni
Tanlov ikki bosqichda o‘tkaziladi. Dastlab ekspertlar kengashi nomzodlarni saralaydi, keyinchalik jamoatchilik ovoz berish orqali g‘oliblar aniqlanadi.
Manbalar