Şivekar Sulton (; 1693-yilda vafot etgan) – Usmoniylar imperiyasi sultoni Ibrohim I ning () yettinchi xotini, Haseki Sulton.

Hayoti Kelib chiqishi arman boʻlganZuhuri Danışman, Osmanlı İmparatorluğu Tarihi, IX, Yeni Matbaa, p. 239. Asl ismi Mariya boʻlib, boy bir arman savdogarining qizi edi.

Şivekar Sulton haddan tashqari semiz edi. 1646-yilda sulton Ibrohim xizmatkorlariga Konstantinopolda eng semiz ayolni topishni buyurdi. Bu buyruqdan soʻng ular saroy xizmatchilari orasidan qidirishni boshladilar va nihoyat Üsküdarda bir arman ayolni topdilar. U Mariya edi. Shu tariqa Mariya sultonning joriyasiga aylandi va unga „nazokatli“, „oʻynoqi“ maʼnosini anglatuvchi Şivekar ismi berildi. Shundan soʻng Şivekarga yettinchi Haseki unvoni taqdim qilindi. Şivekar Sulton Cinci Xoʻja posho va sakkizinchi Haseki Sulton Humoshoh Sulton bilan yaxshi munosabatda boʻlgan.

Şivekar Sulton brohimning soʻnggi hukmronlik yillarida siyosiy jihatdan faol boʻlgan. Ibrohim ruhiy kasallikka chalingan va Şivekar uning asabiy holatini yumshatishga yordam bergan. U Usmoniylar harami siyosatida Ibrohimning eng qudratli joriyalaridan biri boʻlgan. 1646-yilda Şivekar Sulton oʻgʻli Shahzoda Jahongirni dunyoga keltirgan, ammo u oradan 2 yil oʻtib vafot etgan. Shuningdek, Damashqning barcha daromadlari Şivekar Sultonga inʼom qilingan edi.

Ibrohim taxtdan agʻdarilgach, 1648-yilda Şivekar Sulton va Ibrohimning boshqa kanizlari Eski saroyga koʻchirilgan. Şivekar 1649-yilda Ahmad poshoga turmushga chiqqan va Eski Saroyni tark etgan. Oradan koʻp oʻtmay, Ahmad posho ham vafot etgan. Shundan keyin Şivekar Silohdor Mehmed posho bilan oila qurganMerve Çakır (2024) – IV. Mehmed’in Ailesi ve Hanedan Politikası p.80. Şivekar Sulton 1693-yilda vafot etgan.

Şivekar Sulton oʻz hayoti davomida bir qancha vaqflar tashkil qilgan.

Bugungi kundan Şivekar Sultonning qabri Sofiya ibodatxonasidadagi Ibrohim I maqbarasida joylashgan.

Farzandlari Ibrohim va Şivekar Sultonning 1 oʻgʻli boʻlgan: Shahzoda Jahongir (1646-yil 14-dekabrda tugʻilgan – 1648-yil 1-dekabrda vafot etgan) Topkapı saroyida tugʻilgan va shu yerda vafot etgan.

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:17-asrda vafot etganlar Turkum:17-asr Usmoniylar sultonlarining joriyalari Turkum:Usmoniylar sultonlarining joriyalari Turkum:Haseki Sulton Turkum:17-asr Usmoniylar imperiyasi sultonlarining rafiqalari