Govhar Beydullayeva (ozarbayjoncha: Gövhər Bəydullayeva; 2003-yil 23-aprelda tugʻilgan) – ozarbayjonlik shaxmatchi. U 2022-yilda ayollar oʻrtasida grossmeyster (WGM) unvonini olgan. U 2022-yilda qizlar oʻrtasida 20 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi jahon chempioni, shuningdek, 2021-yilda 18 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasidagi jahon chempioni boʻlgan.

Faoliyati Jahon va Yevropa chempionatlari Govhar Beydullayeva turli yosh toifalarida Yevropa yoshlar shaxmat chempionati va Jahon yoshlar shaxmat chempionatida Ozarbayjon sharafini bir necha bor himoya qilgan. Ushbu musobaqalarda u uchta medalni qoʻlga kiritgan: 2017-yilda 14 yoshgacha boʻlgan qizlar (U14) oʻrtasidagi Yevropa yoshlar shaxmat chempionatida oltin medal, shuningdek 2014-yilda 12 yoshgacha boʻlgan qizlar (U12) oʻrtasidagi Yevropa yoshlar shaxmat chempionatida kumush medal va 2015-yilda 12 yoshgacha boʻlgan qizlar (U12) oʻrtasidagi Yevropa yoshlar shaxmat chempionatida kumush medal.

2013-yilda Govhar Beydullayeva 10 yoshgacha boʻlgan qizlar (U10) oʻrtasidagi Yevropa yoshlar rapid shaxmat chempionatida gʻolib boʻlgan.

2018-yil avgust oyida u 16 yoshgacha boʻlgan qizlar (U16) oʻrtasidagi Yevropa yoshlar shaxmat chempionatida 4-oʻrinni egallagan.

2021-yilda u 18 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasidagi Jahon Kubogini qoʻlga kiritgan. Shu yilning oʻzida u 18 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasidagi FIDE Jahon yoshlar super finalida ham gʻolib boʻlgan.

2022-yil aprel oyida u 2022-yilgi Yevropa shaxmat individual chempionatida eng yaxshi natijani qayd etgan ayol uchun oltin medalni qoʻlga kiritgan.

2022-yil oktyabr oyida u Italiya, Sardiniya shahrida oʻtkazilgan qizlar oʻrtasidagi Jahon yoshlar shaxmat chempionatida gʻolib boʻlgan.

2023-yilda Beydullayeva Jahon yoshlar rapid shaxmat chempionatining ilk bor oʻtkazilgan musobaqasida gʻolib boʻlgan. Shuningdek, u Jahon yoshlar blitz shaxmat chempionatida bronza medalni qoʻlga kiritgan.

Jomoaviy 2019-yilda u 16 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Jahon yoshlar shaxmat olimpiadasida oltin medalni qoʻlga kiritgan Ozarbayjon milliy yoshlar terma jamoasi safida ishtirok etgan.

Govhar Beydullayeva 2021-yildan buyon Ozarbayjon ayollar milliy terma jamoasi aʼzosi hisoblanadi. U Ayollar shaxmat olimpiadasida Ozarbayjon–3 jamoasi safida ishtirok etgan.

2016-yilda Boku shahrida oʻtkazilgan 42-shaxmat Olimpiadasi (ayollar)da uchinchi taxtada oʻynagan va +3, =6, −2 natijani qayd etgan.

U 2021 va 2023-yillarda Yevropa ayollar jamoaviy shaxmat chempionatida Ozarbayjon sharafini himoya qilgan. Ozarbayjon terma jamoasi 2021-yilda bronza medal, 2023-yilda esa kumush medalni qoʻlga kiritgan.

Ozarbayjon chempionatlari

2012-yilda Govhar Beydullayeva 10 yoshgacha boʻlgan qizlar (U10) oʻrtasidagi Ozarbayjon yoshlar shaxmat chempionatida gʻolib boʻlgan. Keyinchalik u ushbu muvaffaqiyatini 2013, 2015 va 2016-yillarda yana uch bor takrorlagan.

Govhar Beydullayeva Ozarbayjon ayollar oʻrtasidagi milliy shaxmat chempionatlarida bir necha bor ishtirok etgan va ushbu musobaqalarda 5 ta medalni qoʻlga kiritgan: 2022 va 2023-yillarda oltin medallar , 2020 va 2021-yillarda kumush medallar hamda 2019-yilda bronza medal.

Boshqa gʻalabalar 2014-yilda u „Baku Open 2014“ shaxmat festivalining B toifasida muvaffaqiyatli ishtirok etgan. U 9 partiyadan 7 ochko toʻplab, 5-oʻrinni egallagan hamda musobaqa davomida 189 ELO reyting ochkosini qoʻlga kiritgan.

2017-yilda Govhar Beydullayeva 10 ta partiyadan 10 ochko toʻplagan holda Rossiyaning Moskva shahrida oʻtkazilgan „Mixail Botvinnik kubogi“ musobaqasida gʻolib boʻlgan.

2021-yilda u Serbiya, Belgrad shahrida oʻtkazilgan „Serbia Open Masters“ turnirida ayollar oʻrtasida kumush medalni qoʻlga kiritgan. Havolalar

Govhar Beydullayeva chess games at 365Chess.com

Manbalar

Turkum:Ozarbayjon shaxmatchilari