Gorio ota(asl fransuzcha nomi Le Père Goriot) – ulug‘ farang adibi Onore de Balzakning 1835-yil yozilgan va 90 dan oshiq romandan iborat „Insoniyat komediyasi“ silsilasining „Insoniy etyudlar“ bo‘limiga kiritilgan romani.

„Gorio ota“ roman voqealari 1819-yil Parijda; Burbonlar Restavrasiya davrida sodir bo‘ladi. Burjuaziya dunyosining qonunlari shafqatsiz. Bu jamiyatda odamning qadri-qimmati qancha daromad keltirishiga qarab belgilanadi.

Gorio ota kapitalist bo‘lganda hamma unga xushomad qilardi, davlat, boylik qo‘ldan ketib, u mayda burjua darajasiga tushib qolgach, hamma uni unutadi. Gorio azob-uqubatda o‘lib ketadi, hatto qizlari ham otalarining o‘limiga kelmaydi. Yozuvchi „Gorio ota“ romanida oilaning barbod bo‘lishini, insonning eng ezgu his-tuyg‘ularining sekin-asta yemirilishini ko‘rsatadi.

Roman markazida asosiy uch qahramon: qizlarini jonidan ham ortiq sevuvchi Gorio ota, jinoyatchi Votren va yosh huquqshunos talaba Egen de Rastinyak turadi Hunt, p. 95; Brooks (1998), p. ix; Kanes, p. 9..

Manbalar