Donkervoort Automobielen BV — Niderlandiyaning Lelystad shahrida joylashgan, qo‘lda yig‘iladigan va o‘ta yengil sport avtomobillarini ishlab chiqaruvchi kompaniya. Avtomobil brendi 1978-yilda Joop Donkervoort tomonidan asos solingan. 1996-yilda kompaniya avtomobillarida qo‘llanilgan Ford dvigatellari Audi dvigatellariga almashtirilgan. Donkervoortning “No Compromise” (“Hech qanday murosasiz”) shiori ABS, elektron barqarorlik dasturi (ESP) va rul kuchaytirgichi kabi elektron yordamchi tizimlarsiz boshqarish tamoyilini ifodalaydi.
Tarixi Donkervoort — xususiy kompaniya bo‘lib, asoschisi Joop Donkervoort tomonidan 2019-yilda nafaqaga chiqqunga qadar boshqarib kelingan. 2021-yilda esa uning o‘g‘li Denis Donkervoort kompaniyaning boshqaruvchi direktori etib tayinlangan. Joop Donkervoortning turmush o‘rtog‘i Marianne Donkervoort hamda ularning qizi Amber Donkervoort kompaniyaning rivojlanishi va brendini shakllantirishda muhim rol o‘ynagan. Amber Donkervoort ilgari ot sporti bilan shug‘ullangan bo‘lib, Xitoyda o‘tagan amaliyotidan so‘ng kompaniyaga marketing menejeri sifatida ishga kirgan. Donkervoort S8A modeli Amber sharafiga nomlangan bo‘lsa, D8 modeli Denis Donkervoort nomi bilan bog‘liq.
Joop Donkervoort kompaniyani 1978-yilda kit-karlar importchisi sifatida tashkil etgan. Biroq ushbu turdagi avtomobillarndan yo‘llarda foydalanish uchun qonuniy holatga keltirish katta texnik o‘zgartirishlarni talab qilishini anglagach, u Tienhoven shahridagi kichik ustaxonada Lotus Seven dizayniga asoslangan ilk S7 avtomobillarini mustaqil ravishda ishlab chiqara boshlagan. 1983-yilda Donkervoort ishlab chiqarishni kengroq imkoniyatlarga ega bo‘lgan Loosdrecht shahridagi zavodga ko‘chirgan, 2000-yilda esa kompaniya hozirgi bosh qarorgohi va zavodi joylashgan Lelystad shahriga ko‘chib o‘tgan. Avval tashqi yetkazib beruvchilar orqali amalga oshirilgan shassi ishlab chiqarish jarayoni 2003-yilda to‘liq Lelystaddagi korxonaga ko‘chirilib, ichki ishlab chiqarishga o‘tkazilgan.
Avtomobillar +Avtomobillar modellariModelTasvirDavrDvigatelQuvvatiS7frameless|150x150px1978–19841.6 L Ford OHVS8frameless|150x150px1980–19842.0 L Ford OHCS8Aframeless|150x150px1985–19932.0 L Ford OHCS8ATframeless|150x150px1986–1994Turbozaryadli 2.0 L Ford OHC Interkuler bilan jihozlangan Garrett T3 turbokompressoriTurbozaryadli 2.2 L Ford OHC Interkuler bilan jihozlangan Garrett T3 turbokompressoriD101988–1989Turbozaryadli 2.2 L Ford OHC (Garrett T3)D8 Zetecframeless|150x150px1993–19981.8 L 16V Zetec2.0 L 16V ZetecD8 Cosworthframeless|150x150px1994–1998Turbozaryadli 2.0 L DOHC Cosworth YBD8 Audi (AGU)frameless|150x150px1999–2002Turbozaryadli 1.8 L 20vT AudiD8 Audi (E-gas)frameless|150x150px2003–2012Turbozaryadli 1.8 L 20vT AudiD8 270 RSframeless|150x150px2005–2007Turbozaryadli 1.8 L 20vT Audi, „drive by wire“D8 270frameless|150x150px2008–2012Turbozaryadli 1.8 L 20vT Audi, „drive by wire“D8 GTframeless|150x150px2007–2012Turbozaryadli 1.8 L 20vT Audi, „drive by wire“D8 GTOframeless|150x150px2013–2022Turbozaryadli 2.5 L TFSI 5 silindrli AudiD8 GTO RSframeless|150x150px2016–2022Turbozaryadli 2.5 L TFSI 5 silindrli AudiD8 GTO 40frameless|150x150px2018Turbozaryadli 2.5 L TFSI 5 silindrli AudiD8 GTO JD-70frameless|150x150px2019Turbozaryadli TFSI 5 silindrli AudiD8 GTO JD-70 R2020Turbozaryadli TFSI 5 silindrli AudiD8 GTO Individual Seriesframeless|150x150px2021–hozirTurbozaryadli TFSI 5 silindrli AudiF22frameless|150x150px2022–hozirTurbozaryadli TFSI 5 silindrli Audi
Manbalar
Havolalar Donkervoort: kirish, tarixi va umumiy ma’lumotlar Carfection (video) Donkervoort D8 GTO First Heartbeat Donkervoort - 24H Dubai Donkervoort Discovery Channel Donkervoort fan-sayti — mustaqil ma’lumotlar, tasvirlar va boshqa materiallar.
Turkum:Niderlandiya avtomobillari Turkum:Roadsterlar